Samolyot balandlaşayotgan va qönayotgan paytida uyquda bölgan yölovçilar eşitiş qobiliyatiga jiddiy ziyon yetkazişlari mumkin. Independent naşri Harvard tibbiyot maktabi tadqiqotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, balandlik darajasi özgarayotgan paytda köpçilik kişilarning quloqlari "bitib qoladi", bunga quloqlarning içi va taşqarisidagi bosimning nomuvofiqligi sabab böladi. Qoidaga köra, esnaş yoki yutiniş orqali bunday ta'sirdan qutuliş mumkin, zero bu jarayonlarda quloqning ingiçka kanali oçiladi.
Biroq agar samolyot yölovçisi uxlayotgan bölsa, yuqorida qayd etilgan usullar yordamida quloqlardagi bosimni muvofiqlaştira olmay qoladi. Natijada quloq kanaliga ziyon yetib, barojarohat yuzaga keladi.
Olimlarning ma'lum qilişlariça, oğir holatlarda infeksiya rivojlanib, eşitiş qobiliyatida muammolar va oğriqlar keltirib çiqarişi mumkin.
Tadqiqotda ta'kidlanişiça, samolyot balandlaşayotgan va pastlaşayotgan vaqtda uyqudan tiyilsa, kasallikning rivojlaniş xavfini çetlab ötiş mumkin böladi.












