Telegram osiyolik foydalanuvçilar servisni işlatişda texnik nosozliklar tufayli qiyinçiliklarga duç kelayotgani haqida xabar berdi. Bu haqda kompaniyaning Twitter’dagi bayonotida aytiladi.

"Singapurdagi Telegram serverlari klasteridagi boş tarmoq kommutatori öçib qoldi. Uzilişlar osiyolik foydalanuvçilarni qamrab oldi. Vaziyatni örganmoqdamiz hamda unga yeçim topiş uçun harakat qilayapmiz!", - deya yozilgan kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida.

Telegram ma'lumotlariga köra, messenjer işidagi uzilişga Singapur klasterida elektr energiyasining öçib qolişi sabab böldi.

Avvalroq Telegram servisning Germaniya, Iroq hamda MDHning qator davlatlari, birinçi navbatda Özbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va Belarusdagi işida nosozlik kuzatilganini xabar bergandi.