Şunaqa tizim bor. Mavsum yakunlangandan söng, heç qaysi klub bilan şartnomasi bölmagan, ya'ni erkin agentga aylangan futbolçi yangi jamoaga ötiş uçun «kötarma puli» oladi. Klub biror futbolçini boşqa klubdan sotib olişi uçun transfer qiymatini tölaşi kerak – erkin agentni qölga kiritadigan jamoa esa, bunday harajatni amalga oşirmaydi. Örniga, qaysidir ma'noda transfer qiymati futbolçining öziga tölanadi.
Neça yildirki, «kötarma pullar» haqida futbol jamoatçiligida salbiy fikrlar yuradi. Rivojlaniş yölida çopib ketayotgan özbek futboli oyoğida bolta urayotgan unsurlardan biri sifatida köp bor tilga olinadi.
Albatta, bu usul futbolçilarni dangasa qilib qöyayotgan, iştiyoqni öldirayotgan, noqonuniy pul aylanmasini yaratayotgan bölişi mumkin, buni inkor qilmayman, lekin vaziyatga çuqurroq qarab körganda, men «kötarma pullar» illatlarning sababi emas, oqibati ekanini, avvalo, sabablar bilan kuraşiş maqsadga muvofiqligini aytgan bölardim.
Avvalo, yilning boşida katta pul oliş futbolçilardagi ambitsiyalarni öldirişi haqida. Bu fikrga qöşilmayman. Bizda aytaylik, klublar ğalaba yoki durang uçun futbolçilarga alohida mukofot pullari berişadi. Mukofot summasi maoş bilan taqqoslaganda, yaxşigina mablağ böladi. Yevropada esa, futbolçilar şartnomada fikslangan summani olişadi. Jamoa ğalaba qozonadimi, futbolçi maydonga tuşadimi yoki yöqmi, bu maoş sezilarli ravişda özgarmaydi. Hatto yakunda çempionlik uçun beriladigan bonus pullar ham maoş bilan taqqoslaganda juda kam. Lekin köryapmizki, motivatsiya bobida yevropalik futbolçilarda muammo yöq. Pulning miqdori futbolçining harakatlariga ta'sir qilar ekan, gap pulning miqdorida emas, futbolçining qadriyatida emasmi?
«Kötarma pullar»ning mazmuniga qarasak, bunday tizim aslida öşa Yevropa futbolida ham mavjud ekanini köramiz. Erkin agentga aylangan futbolçilar, agar ularga talab yuqori bölsa, takliflarning aynan moliyaviy qismini örganişlari va yaxşiroq şartnomalarga ega bölişlari mumkin. Masalan, Dani Alveş «Yuventus»dagi şartnomasi yakunlangaç, erkin agentga aylandi. U «Mançester Siti» va «PSJ» örtasida tanladi, oqibatda, şartnoma uçun kattaroq bonus taklif qilgan Parij jamoasi futbolçini qölga kiritdi. Biz yomon köradigan «kötarma pullari»ning aynan özginasi, töğrimi?
Xöş, nega Yevropada bunday tizim keng yoyilmagan?
Sababi oddiy, birinçidan, şartnomalar bir neça yilga tuziladi. Ikkinçidan, klublar talabgorlari köp bölgan futbolçilarining erkin agentga aylanişlariga yöl qöyişmaydi. Şartnoma muddati oxiriga yaqinlaşgaç, imkon qadar yangi şartnoma tuzib, muddatni uzaytirişadi. Yoki futbolçi tekinga ketib qolmasidan, arzonroqqa sotib yuborişga harakat qiladilar. Şu tufayli, Yevropa futbolida asosan klublar örtasidagi transfer savdolarini köramiz, «kötarma pullar»ga misol topiş qiyin. Har yilgi erkin agentlarning ruyxatiga qarasangiz, köpinça, öz davrini ötab bölgan, talabgor klublar köp bölmagan futbolçilarni körasiz.










