Bugun futbol böyiça Osiyoning eng kuçli ligalaridan biri Özbekiston çempionati boşlandi. Bu yil özbek futboli uçun özgaça yil — mundial yili. Şu bois çempionat ham özgaça ötadi. Format ham, töxtalişlar ham biroz boşqaça böladi. Bu yil çempionlik uçun kimlar kuraşadi? Transfer bozorida kim faol böldi? «Özbekneftgaz» homiylikni töxtatsa, «Nasaf» va «Bunyodkor» kabi klublar holi nima keçadi? Quyida şu haqda.
Hamma Turkiya va BAAda şuğullandi
Qişda Özbekistonda futbol öynaşga yaragulik stadion bölmaydi hisob. Çunki bizning iqlimda maysani qişda ham yaxşi saqlaş uçun katta pul kerak. Şu uçun imkonini qilgan jamoalar mavsumoldi tayyorgarlikni BAA yoki Turkiyada ötkazdi. Avvallari sanoqli jamoalar xorij yiğini ötkazar va odatda bunday yiğinda qatnaşgan jamoalar natijalari ham yaxşiroq bölardi.
Hozir aksar klublarning moliyaviy holati yaxşi, şu uçun kimni körsangiz, xorij yiğinidan qaytdi. Qişki tayyorgarlikni faqat bizning jamoalar emas, qiş sovuq keladigan boşqa davlat klublari ham BAA va Turkiyada ötkazadi. Şu sabab sparring uçun raqib topiş ham qiyin bölmaydi.
«Neftçi» — asosiy favorit
Amalga oşirilgan transferlar va ötgan yilgi öyindan kelib çiqsak, yangi mavsumda ham çempionlik uçun asosiy da’vogar — «Neftçi». Hozir pul masalasida heç qaysi klub farğonaliklarga yaqinlaşa olmaydi. Bizning futbolda maoşlar e’lon qilinmaydi, lekin biz futbol jurnalistlari baribir bilib olamiz. Hozir «Neftçi» futbolçilarga taklif qilayotgan maoş Yevropaning örtamiyona klublari darajasida.
Ötgan mavsum yakunlangaç yilning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan, «Neftçi»ni çorak asr ötib Özbekiston çempioni qilgan tojikistonlik Vitaliy Levçenko işdan ketdi. Bu iste’fo «Neftçi» çempionligining eng asosiy omili iqtisodiy imkoniyat bölganini qaysidir ma’noda isbotlaydi. Bölmasa uzoq kutilgan çempionlikni keltirgan murabbiyni nega işdan olişsin? Levçenko örniga Yevropadan biror kuçli murabbiy olib kelişsa ham iste’fo sababini yangi bosqiçga kötariliş deb izohlasa bölardi.
Yangi mavsumda «Neftçi»ga Özbekiston ösmirlari jamoasini Osiyo çempioni qilgan Islom Ismoilov murabbiylik qiladi. Köramiz, Ismoilov bunçalik köp yulduzlar töplangan jamoani qanday boşqararkin.
Transfer bozorida «Neftçi» faol böldi. Eng asosiy transfer «Dinamo» yarimhimoyaçisi Ratinio böldi. Maydon markazida hozir bu braziliyalik futbolçiga yetadiganini topiş qiyin. Şuningdek, özbek futbolining eng kuçli pleymeykerlaridan biri Xurşid Ğiyosov ham endi Farğonada öynaydi. Xurşid Jamşid Iskanderov bilan markazda nimalar qilib taşlaşini tasavvur qilavering. Aytgança, endi Jamşid asosiy penaltiçi rolidan ayrilsa kerak, çunki Xurşid bu borada Özbekistonda eng yaxşisi. Axir Murod Xolmuhammedov futbol öynamayapti.
Mavzuga oid
«Neftçi» xorvatiyalik hujumçi Stipe Peritsani qöşib oldi. Öz vaqtida «Çelsi», «Uotford», «Udineze» kabi kuçli beşlik çempionatlarida öynagan hujumçi jamoa öyinini kuçaytirişi aniq. Hujumçining Italiyadagi faoliyati ayniqsa yorqin keçgan.
«Paxtakor» ham kuçaydi
Toşkentning «Paxtakor» klubi ötgan mavsum yakunini juda kuçli ötkazdi. Mavsum boşidagi öyinlarini körib köpçilik özbek futboli bayroqdori bu yil medallar uçun kuraşmasa kerak deb öylagandi, lekin rahbariyat xorijlik murabbiy olib keliş xato bölganini anglab, Kamoliddin Tojiyevni boş murabbiy qilgandiki, barçasi joyiga tuşişni boşladi. Yakunda jamoa Özbekiston kubogini yutdi, çempionatda ikkinçi örinni oldi.
Klub zör transferlar qildi: «Nasaf» yetakçilari Oybek Bozorov va Şerzod Nasrullayev nihoyat «Paxtakor»ga ötdi, milliy jamoaning asosiy futbolçilaridan biri Akmal Mozgovoy ham legionerlikdan qaytib «Paxtakor»ga ötdi.
Jamoa Igor Sergeyev ortidan Eronga yöl olişiga sal qolgan Hojiakbar Alijonovni saqlab qoldi. «Persepolis»ga ketgan Sergeyev örnini töldiriş uçun Rustam Turdimurodov ijaradan qaytarildi. Şuningdek, yaqindagina Yevropa konferensiyalar ligasida «Kristal Pelas»ga gol urgan polşalik hujumçi Pyotr Parijşek ham endi «Paxtakor»da öynaydi. Levandovski uslubidagi bu hujumçi şubhasiz Özbekiston çempionati darajasi uçun kuçli yulduz. Xullas, «Paxtakor» yaxşi transferlar qildi va şubhasiz çempionlik uçun kuraşadi.
Vodiy derbilari «yonadi»
Ötgan mavsumda çempionat ğolibligi çorak asr ötib yana vodiyga qaytdi. Bu mavsumda vodiyning uç jamoasi ham çempionlik uçun kuraşmoqçi. «Navbahor» milliy jamoani jahon çempionatiga olib çiqqan Temur Kapadzeni, «Andijon» milliy jamoa sobiq murabbiyi Samvel Babayanni murabbiylikka olib keldi. Hozir Özbekistonda eng katta budjetga ega uç klub aynan vodiy jamoalari bölsa kerak. Vodiyda futbol tepasida şaxsan viloyat hokimlari turadi. Uç hokim futbol orqali öziga xos raqobatlaşişi ham sir emas. Şu sabab bu yilgi vodiy derbilari juda qiziqarli keçadi.
«Andijon» murabbiylikka Samvel Babayanni olib keldi. Milliy jamoa sobiq murabbiyi taşkilotçilikni boplaydi, şu sabab Andijon hokimi bu yil jamoadan medallar kutişini aytdi. «Andijon» ham yomon transferlar qilmadi: Dragan Çeran, Aziz Turğunboyev, Imedi Aşortia, Islom Töxtaxöjayev kabi futbolçilar tarkibni kuçaytirişi aniq. Katta ehtimol yangi mavsumda oldingi yillar öynagan jamoa özagi keskin özgaradi.
«Navbahor»ga Temur Kapadze keldi. Milliy jamoani mundialga olib çiqqan murabbiyda variantlar juda köp edi, hatto boşqa davlat milliy jamoalaridan taklif bölgan, lekin murabbiy «Navbahor»ni tanladi. Namangan klubi ham yaxşi transferlar qildi, transfer oynasi yakunida Husayn Norçayevni qöşib oldi. Birinçi turda «Navbahor» Samarqandda mehmon böladi.
«Dinamo»da nima gap?
Ötgan mavsumning eng yorqin öyin körsatgan jamoasi köpçilikning fikriça «Dinamo» böldi. Abramov özi yaxşi köradigan töp nazoratiga asoslangan futbolni Samarqanddagi uçinçi mavsumida nihoyat yölga qöya oldi. Jamoa oxirgi turgaça ikkinçi örin uçun kuraşdi, lekin yakunda törtinçi bölib klub tarixidagi eng yaxşi natijani takrorladi. Ötgan mavsumni Samarqand jamoasi moliyaviy qiyinçiliklar bilan ötkazdi, oddiy maşğulot maydoni bilan boğliq muammo köplab jarohatlarga olib keldi. Oqibatda mavsum yakunida bir qator muhim futbolçilar safdan çiqdi. Şunga qaramay, Abramov jamoasining öyini yöqolib qolmadi.
Bu mavsumda ham «Dinamo» iqtisodiy jihatdan yuqorida nomi tilga olingan jamoalar bilan raqobat qilişi qiyin, lekin klub baribir yaxşi transferlar qildi. Ötgan mavsum yakunida «Dinamo»ni Ratinio, Kuçerenko, Pletnyov va Stanoyeviç kabi yaxşi legionerlar tark etdi. Ötgan mavsumdagi kabi zaxira böşab qolişidan xavotirlangan körinadi, Abramov jamoasi mavsumlar oraliğida juda köp transfer qildi. Transferlar orasida Azizbek Amonov, Bektemir Abdumannonov, Kingsli Sarfo, Til Mavretiç va Mahamadu Dembeleni alohida ta’kidlaş mumkin.
«Dinamo» mavsumlar oraliğidagi yiğinni ham yorqin ötkazdi. BAAdagi yiğin doirasida Rossiyaning eng kuçli jamoalari bilan öynadi, TsSKAni yengdi, «Zenit» bilan tengma-teng kuraşdi, Armaniston futboli bayroqdori «Pyunik»ni yirik hisobda yengdi. Rossiya çempioni «Krasnodar» ham öyinlarni körgaç «Dinamo» bilan örtoqlik öyini ötkazişni juda istagan, lekin samarqandliklar qaytiş rejasi hal qilib bölingaç berilgan taklifni çempionat startiga oz fursat qolgani uçun qabul qila olmagan. Samarqandda «Dinamo»dan yangi mavsumda çempionlik kutişmoqda.
«Nasaf» va «Bunyodkor» nima böladi?
Oxirgi vaqtlarda «Özbekneftgaz» davlat korxonasi futbolga homiylikni töxtatişi muxlislar orasida keng muhokama qilinmoqda. Bu taşkilot uzoq yillardan buyon «Nasaf» va «Bunyodkor» kabi kuçli klublarni moliyalaştirib keladi. Lekin çindan yangi mavsumdan taşkilot bu ikki jamoaga, şuningdek, «Buxoro»ga homiylik qilmasligi aniq bölibdi.
Bu xabar çiqqanidan keyin çindan ikki jamoa ham transfer bozorida faol bölmadi. Ayniqsa «Nasaf» Bozorov, Nasrullayev va Çeran kabi yetakçilari örnini töldirmadi. Faqat Bobir Abduxoliqov ortga qaytdi. Hatto jamoada eng maoşi katta futbolçilardan bölgan Abduvohid Ne’matov transfer oynasi yopilişi arafasida boşqa klublarga ötişi mumkin bölgani haqida xabarlar çiqdi. Milliy jamoaning ayni damdagi asosiy darvozaboni ikkinçi davrada boşqa jamoaga ötişi ehtimoli oşgan.
Lekin bu omillar «Nasaf»ni çempionlik uçun kuraşdan çiqarmaydi. Berdiyev yana bir qator yoşlarni topib qöygan, ular allaqaçon Çempionlar Ligasida gol urib yuribdi. Qarşi jamoasini şubhasiz çempionlik uçun favoritlar sirasiga qöşamiz. «Bunyodkor» ham yuqori örinlar uçun kuraşadi. Ilyos Zeytullayev ötgan mavsumda kuçli murabbiy ekanini körsatdi. Asosiy yulduzi murabbiy bölgan jamoalardan köp narsa kutiş mumkin.
Biroz özgaça taqvim
Bu yil jahon çempionati ötişi sabab Superliga taqvimi ham boşqaça böladi. Çempionat aynan şu sabab biroz avvalroq, fevralda boşlanyapti. Maqsad may oyigaça köproq öyin ötkazib oliş. Çunki mayda milliy jamoa jahon çempionatiga tayyorgarlikni boşlaydi. Çempionat startidan mundialgaça ikkita FIFA kunlari bor, bu vaqtda klublar futbolçilarini milliy jamoaga qöyib yuborişga majbur.
Jahon çempionati boşlangaç, tabiiyki çempionat töxtatiladi va orada uç oyga yaqin katta töxtaliş yuzaga keladi. Mana şu töxtaliş klublar murabbiylari uçun muammo tuğdiradi. Axir hamma ham mundialga bormaydi, milliy jamoa asosini legionerlar taşkil qiladi. Qolgan futbolçilar sport formasini saqlab qoliş eng asosiy vazifa böladi. PFL şuni inobatga olib kubok öyinlarini may oyi oxirigaça ötkazmoqçi.
Xullas, mundial yilidagi Özbekiston çempionatida katta ehtimol oxirgi yillardagi eng qiziqarli mavsum boşlanmoqda. Yaqqol favorit yöq, köp klublar kuçaygan, intriga avjida. Eng asosiysi hozir milliy çempionat öyinlarini avvalgi kabi «Maş’al» radiosidan eşitib ötiriş şart emas, deyarli hamma öyin jonli efirda olib berilyapti.
Ligada infratuzilma rivojlangan, maydonlar holati yaxşilandi. Hamma stadionda VAR bor, öyinlardagi şubhali harakatlar, kelişilgan öyinlar yöq hisob. Bir söz bilan aytganda futbolimiz rivojlaniş barobarida ança tozalangan. Şu bois stadionlarga tuşing, öyinlarni zavqlanib tomoşa qiling, jonli futbol körişga nima yetsin...