Joriy yilning 15 sentabr kuni Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi Boşqaruvi yiğilişi bölib bölib ötdi. Yiğiliş qaroriga muvofiq, mamlakatda xotin-qizlarga oid davlat siyosatining ustuvor yönalişlarini amalga oşiriş hamda Özbekiston Xotin-qizlar qömitasining oldida turgan muhim maqsad va vazifalarni samarali taşkil etiş maqsadida Qömita va uning xududiy bölimlari qoşida Özbekiston Ixtiroçi ayollari uyuşmasi taşkil etildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi va Uyuşma tomonidan respublika olima ayollari, doktorant, mustaqil izlanuvçi, iqtidorli talaba, ixtiroçi, ratsionalizator, muhandis, konstruktor va mutaxassis xotin-qizlarning imkoniyat, qobiliyat, bilim darajasi, talab va ehtiyojlarini örganiş asosida ularning manfaatlarini himoya qiliş, qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantirişga qaratilgan dasturlar işlab çiqilib, bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi közda tutilgan.
Şuningdek, «Özbekiston ayollarining 100 ta innovatsion loyihasi» I-Respublika tanlovini ötkaziş rejalaştirilmoqda. Joriy yilning sentabr oyida mazkur tanlovni taşkil etiş böyiça Qömita va Uyuşma hamkorligida amalga oşirilayotgan işlar böyiça matbuot anjumani bölib ötadi.











