Özbekiston Taşqi savdo vazirligi huzuridagi «Öztreyd» AJ AQŞning Nyu-Yorkdagi şahrida yangi savdo uyi oçdi. Bu haqda UzDaily.uz xabar bermoqda. Savdo uyi eksport hajmini oşiriş, AQŞ bozorida pozitsiyalarni mustahkamlaş va ikki tomonlama munosabatlarni bosqiçma-bosqiç keng qamrovda rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan.
«Öztreyd» kompaniyasining qayd etişiça, savdo uyi negizida özbek işlab çiqaruvçilarining mahsulotlarini namoyiş etuvçi doimiy şou-rum işlaydi.
Ma'lum qilinişiça, «Öztreyd» vakillari 20 sentabr kuni özbek-amerika işbilarmon doiralari iştirokida taşkil etiladigan biznes-forumda qatnaşadi. Forum iştirokçilari savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilişadi.
Forum yakunida Amerikaning yirik kompaniyalari bilan savdo hamkorligi böyiça kelişuvlar imzolanişi kutilmoqda. Xususan, töqimaçilik mahsulotlari, quruq mevalar va Özbekistonda işlab çiqariladigan boşqa mahsulotlarni yetkazib beriş böyiça şartnoma va bitimlarga erişiladi.












