Şveytsariya prokuraturasi xodimlari nima uçun ön minglab yevro kupyuralarini Jyenevadagi UBS Group AG moliyaviy xolding bölimining hojatxonasiga taşlab ketilganini aniqlaştirişmoqda. Bloomberğda xabar berilişiça, şahar banklaridan birining   hojatxonasida 500 yevrolik kupyuralar soçib ketilgan. 

Bir neça kun avval qöşni uç restoran hojatxonalariga ham 500 yevrolik banknotalar soçib ketilgan. Şunisi qiziqki, yevrolar qayçi bilan mayda bölaklarga bölingan bölgan. 

Dastlabki suriştiruvlarga köra, banknotalarning umumiy summasi 100 ming yevroga yaqinni taşkil qilgan. Pullarni hojatxonalarga ispan millatiga mansub ikki ayol taşlagan bölib çiqqan. Prokuratura hozirda pullarning qayerdan olingani borasida tergov olib bormoqda. 

Jyeneva prokuraturasi vakilining sözlariga köra, Şveytsariyada banknotalarning yöq qilinişi jinoyat hisoblanmaydi, biroq huquq-tartibot organlari buning ortida kim turganini aniqlaş maqsadida tergov işlarini davom ettirişadi.