AQŞning eng kuçli yuridik kompaniyalari va Adliya vazirligi örtasida Özbekistonda yuristlarning malakasini oşiriş böyiça Memorandumlar imzolandi, deb yozadi Adliya vazirligi rasmiy sayti

Joriy yilning 20 sentabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida özbek-amerika biznes-forumi bölib ötdi. Biznes-forum işida Özbekiston tomonidan qator davlat organlari, tijorat taşkilotlari va moliya institutlari vakillari iştirok etişdi. Amerika tomonidan AQŞ Davlat departamenti, Savdo departamenti, yirik kompaniyalar, korporatsiyalar va bank muassasalari vakillari iştirok etdi.

Biznes-forum dasturiga muvofiq, iqtisodiy barqarorlikni oşiriş, investitsion muhitni yaxşilaş va Özbekiston moliya sektorini takomillaştiriş masalalari böyiça qöşma majlislar ötkazildi. Davra suhbati davomida Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov «Huquqiy infratuzilmani va işlab çiqarişni rivojlantiriş orqali investitsion jozibadorlikni oşiriş» mavzusida ma'ruza qildi. Hisobot respublikada amalga oşirilayotgan islohotlar va Adliya vazirligi tomonidan xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilişdagi roli hamda masalalariga bağişlangan.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Şuningdek, biznes-forum davomida Adliya vazirligi AQŞning 5 ta eng kuçli yuridik kompaniyasi hisoblangan «White & Case», «Sidley Austin», «Hogan Lovells», «Holwell, Shuster and Goldberg» va «Foley Hoag» hamkorlari bilan alohida uçraşuvlar ötkazdi. Nyu-Yorkda bölib ötgan özbek-amerika hamkorligi biznes-forumi doirasida mazkur eng kuçli yuridik kompaniyalar va Adliya vazirligi örtasida Özbekistonda yuristlarning malakasini oşiriş böyiça Memorandumlar imzolandi. Unga köra maxsus markaz oçiladi va uning faoliyati Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qöllab quvvatlanadi.

Imzolangan hujjatlar doirasida xalqaro investitsiyalar va tijorat nizolari, advokatlik texnikasi masalalari böyiça tajriba almaşiş treninglarini ötkaziş va yuridik kompaniyalarda vazirlik hamda idoralar xodimlari uçun amaliyotlarni taşkil etiş rejalaştirilgan. Uşbu tadbirlar vazirlik va idoralar xodimlarining xalqaro huquq hamda xalqaro arbitraj masalalari böyiça bilim va könikmalarini oşirişga xizmat qiladi.