Qirğiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev ham Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasida çiqiş qildi.
Atamboyev öz nutqida Qirğizistonda 2040 yilgaça bölgan davrni özida qamrab olgan uzoq muddatli Milliy strategiya işlab çiqilganini aytib ötdi.
Keyingi barqaror rivojlaniş uçun strategik maqsadlar quyidagilardan iborat:
- mamlakat iqtisodiyotining tezkor rivojlantirilişi, fuqarolarni munosib iş bilan ta'minlaş;
- aholining iqtisodiy va ijtimoiy farovonligi ta'minlaş;
- mamlakat fuqarolarining xavfsizligi va maqbul turmuş şaroitlariga erişiş;
- rivojlangan parlamentli demokratiya va kuçli fuqarolik jamiyati yaratiş.
A.Atamboyev mintaqadagi suv muammolariga ham sessiya qatnaşçilari e'tiborini qaratdi va jumladan, şunday dedi:
«Qirğizistondagi nafaqat Markaziy Osiyodagi, şuningdek, butun jahon miqyosida ham çuçuk suv şakllanişi hududi hisoblanuvçi muzliklarning şitob bilan erib borayotgani ham bizni juda taşvişlantirmoqda.
Prognozlarga köra, 2025 yilga borib Qirğiziston Respublikasidagi muzliklarning umumiy maydoni 30–40 foizga qisqaradi, öz-özidan Markaziy Osiyoning suv ta'minoti ham 25–30 foizga qisqarişi mumkin.
2100 yilga borib Qirğizistondagi muzliklar butunlay yöq bölib ketadi. Şu sababli mamlakatimiz muzliklarni asrab qoliş borasidagi qöşma loyihalarni töliq yoqlaydi».
Atamboyev öz çiqişida, şuningdek, Qirğiziston Respublikasi BMT Xavfsizlik kengaşini takomillaştiriş borasida zarur çoralarni yoqlaşini bildirib ötdi.











