Armaniston aholisi 21 sentabr kuni respublika mustaqilligining 26-yilligini tantana qilişmoqda.
Şu kuni köplab bayram tadbirlari Yerevan şahri va mamlakatning viloyat markazlarida taşkil etiladi. Respublika rahbariyati turli tadbirlarda iştirok etadi. Şu kuni, an'anaga köra, davlat boşqaruvi, iqtisodiyot, mudofaa, fan va madaniyat sohalaridagi xizmatlari uçun qator fuqarolarga davlat mukofotlari topşiriladi.
Armaniston mustaqillik deklaratsiyasi Armaniston Oliy kengaşining 1990 yil 23 avgustdagi majlisida qabul qilingan edi. Uşbu hujjat bilan Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, mustaqil Armaniston respublikasi e'lon qilingan edi.
Armaniston Oliy Kengaşi qarori bilan 1991 yil 21 sentabrda SSSR tarkibidan çiqiş va mustaqil davlatçilikka asos soliş haqida referendum ötkazilgan. Unda 94,99 foiz fuqaro bu masalaga ijobiy javob bergan. Respublika Oliy kengaşi referendumdan 2 kun ötib, Armanistonni mustaqil davlat deb e'lon qildi.












