Ispaniya çempionatining 5-turiga kelib, eng kutilmagan sensatsiya yuz berdi. Madridda mehmon bölgan «Betis» ğalaba qozonişi bilan birga «Real»ni oldida turgan rekorddan mahrum qildi.

Uçraşuvning 90-daqiqasi davomida darvozalarga töp kiritilmadi. Ikkinçi bölimga qöşib berilgan 4-daqiqada esa «Betis» futbolçilari qarşi hujumda ajoyib harakat qilgan mehmonlar Sanabriyaning goli evaziga hisobda oldinga çiqib olişdi. Buyoğiga mezbonlarning kuçi ham vaqti ham yetmadi.

Natijada ketma-ket 73ta öyinda gol kiritgan «Real» 74-öyinga kelib, bu natijasini töxtadigan böldi. 

Uşbu natijadan keyin «Real» 8 oçko töplagan holda turnir jadvalida 7-öringa tuşib ketdi. Endi jamoa «Barselona» roppa-rosa yetti oçko ortda qolmoqda. 

Ispaniya La-ligasi, 5-tur

Real Madrid – Betis 0:1 (0:0)
Gol: Sanabriya (90+4).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo (Vaskes, 72), Karvaxal, Ramos, Isko (Asensio, 67), Kazemiro, Kroos, Modriç (Mayoral, 72), Beyl, Ronaldu.
Betis: Adan, Mandi, Durmisi, Barragan, Feddal, Fabian Ruis (Sançes, 80), Garsiya, Gerrero (Budebuz, 61), Kamarasa (Guardado, 44), Telo, Sanabriya.
Ogohlantirişlar: Telo (36), Mandi (38), Feddal (58).