Amerika fond bozorining Dow Jones va S&P 500 körsatkiçlari 20 sentabr kuni rekord darajaga kötarildi. Bunga AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT)ning stavkani joriy holatda saqlab qoliş va oktabr oyidan aktivlarini qisqartirişini e'lon qilişi asos böldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Xususan, Dow Jones sanoat indeksi 0,19 foizga kötarilib — 22412,59 punktga yetgan bölsa, yuqori texnologiyali kompaniyalar indeksi NASDAQ 0,08 foizga pasayib, 6456,04 punktgaça tuşgan. Keng bozordagi vaziyatni körsatuvçi S&P 500 öz qiymatiga 0,06 foiz qöşgan va 2508,24 punktni taşkil etgan.

FZTning oçiq bozorlar böyiça qömitasi sentabr oyidagi majlisi natijasida asosiy foiz stavkasini yillik 1-1,25 foiz miqdorda saqlab qoldi. Eslatib ötamiz, FZT 2017 yilda bu stavkani 2 marta özgartirdi. 

Bundan taşqari, qömita oktabr oyidan öz balansidagi aktivlarni qisqartirişga qaror qildi.