Amerika fond bozori indekslari Pasxa bayramidan keyingi birinçi savdo sessiyasini keskin pasayiş bilan yakunladi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan boşlangan savdo uruşi tufayli moliyaviy bozorlar tarangligiça qolmoqda. Bozor iştirokçilari Trampning Federal zaxira tizimi (Markaziy bank) raisi Jyerom Pauellni keskin tanqid qilişini Amerika Markaziy banki mustaqilligiga tahdid sifatida qabul qildi. Oqibatda, fond bozorlarida yanada pasayiş kuzatildi.

Ötgan hafta Tramp Pauellning harakatlarini keskin tanqid qilib, uni foiz stavkalarini pasaytirişni istamaganlikda ayblagan edi. Oq uyning iqtisodiy maslahatçisi Kevin Hasset prezident va uning jamoasi Pauellni işdan böşatiş imkoniyatini örganişda davom etayotganini aytdi.

21 aprel kuni Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida Pauellni «katta omadsiz» deb atadi va zudlik bilan stavkani pasaytirişni talab qilgan yangi postini joylaştirdi.

Mutaxassislar AQŞ iqtisodiyotida sezilarli pasayiş xavfi tufayli AQŞ kompaniyalari uçun foyda prognozlarini tezlik bilan pasaytirmoqda, deb qayd etdi Morgan Stanley tahlilçisi Maykl Uilson.

«Kompaniyalar koronavirus pandemiyasi davridan beri eng jiddiy noaniqlikka duç kelmoqda», dedi Uilson eslatmada. «Bu daromadlar prognozini qayta körib çiqişga olib keladi».

Qöşma Ştatlarda iqtisodiy faollik şu yozda tuşib ketişi mumkin, deb ogohlantirdi Çikago Federal zaxira banki prezidenti Ostan Gulsbi. Uning sözlariga köra, hozir biznes va iste’molçilar import bojlari oldidan zahiralarni töplaşga intilayotgani sababli işbilarmonlik faolligi sun’iy ravişda oşirilgan bölişi mumkin.

21 aprel kuni aksiyalari narxi keskin pasaygan kompaniyalar orasida UnitedHealth Group Inc. (-6,3%), Nvidia Corp. (-4,5%), Salesforce Inc. (-4,5%), American Express Co. (-3,5%), Sherwin-Williams Co. (-3,3%), 3M Co. (-3,2%) yetakçi böldi.

Savdolar yakuniga köra Dow Jones sanoat indeksi 971,82 punktga (2,48%) tuşib, 38 170,41 punktni taşkil qildi.