2026-yil iyul oyidan buyon Şanxay birjasining STAR50 texnologik indeksi 40 foizga quladi, uning tarkibiga kiruvçi kompaniyalarning kapitallaşuvi esa 480 milliard dollarga qisqardi.

«Fond bozori aqlbovar qilmas spekulyativ pufakka aylanib qoldi», - deb fond menejeri Dun Baoçjenning sözlaridan iqtibos keltirdi Reuters agentligi. Uning taʼkidlaşiça, uşbu pufak «ayni paytda yorilmoqda».

Goldman Sachs maʼlumotlariga köra, Xitoydagi barça kompaniyalar bozor kapitallaşuvining 42 foizi va savdo aylanmasining 57 foizi sunʼiy intellekt kompaniyalari aksiyalari hissasiga töğri kelişi vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda.

Reuters naşrining yozişiça, yöqotişlar deyarli barçaga taʼsir körsatgan. Masalan, aksiyalarini birlamçi joylaştiriş (IPO) vaqtida xususiy investorlar tomonidan talab taklifdan 8 ming baravar oşib ketgan robot işlab çiqaruvçi Unitree kompaniyasining aksiyalari avgust oyida savdolar boşlanganidan buyon ikki baravar arzonlaşdi. Çip işlab çiqaruvçi CXMT kompaniyasining qimmatli qoğozlari sönggi bir oy içida öz qiymatining çorak qismidan köproğini yöqotdi. Ötgan yili birjaga çiqiş çoğida narxi mos ravişda 700 va 400 foizga osmonga sakragan MetaX Integrated Circuits hamda Moore Threads Technology çip işlab çiquvçilarining aksiyalari ham iyul oyidan beri ikki baravar arzonlaşdi.

Ekspertlarning sözlariga köra, aksiyalarning qulaşiga bitta aniq sabab yöq, bunda bir neçta omillar öz taʼsirini ötkazgan: yuqori narxlar, soliq majburiyatlari, şuningdek, AQŞ yoki boşqa davlatlar maʼlumotlarni qayta işlaş markazlarida Xitoy uskunalaridan foydalanişni taqiqlab qöyişi mumkinligi xavfi.

Şu bilan birga, ayrim mutaxassislar aksiyalarning hozirgi yoppasiga sotilişida heç qanday falokat körmayapti. Xususan, şu oy boşida Goldman Sachs tomonidan eʼlon qilingan yangilangan tavsiyalar röyxatida sunʼiy intellekt sohasidagi önlab Xitoy kompaniyalari qatorida Innolight va CXMT ham qayd etilgan. Öz navbatida, BNP Paribas Securities eksperti Uilyam Bratton ham bozordagi joriy holat xaridlar uçun yaxşi imkoniyat yaratayotganini taʼkidladi.