FIFA Özbekiston futbol federatsiyasiga keyingi faoliyati uçun 5 million dollar miqdorida mablağ ötkazib beradi. Bu kelişuv Özbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uçraşuvi davomida amalga oşirilgan. 

ÖFF matbuot xizmati xabariga köra, Özbekiston Futbol Federatsiyasining barça turdagi faoliyatini, ayniqsa, moliyaviy jihatdan şaffoflaştiriş böyiça yangi strategik reja barpo qilayotgan Umid Ahmadjonov FIFA rahbari bilan «Forvard» loyihasi böyiça muzokaralar olib borgan. Natijada, 2018 yilning oxirigaça Özbekiston futboliga 3.5 million AQŞ dollari, 2019 yilda esa yana 1.5 million dollar ÖFF hisobiga ötkazib beriladi.

«Bu pullar qayerdan keladi?» degan savolga FIFAga yangi prezident bölib saylangan Kongressda Janni Infantino tomonidan sözlangan nutqni javob tariqasida keltiriş mumkin. Meksikada bölib ötgan Kongressda Infantino FIFAning daromadi unga a'zo federatsiyalarga taqsimlab berilişi kerakligini baralla aytgan edi. Ana şu gaplarning isboti tariqasida Infantino yangi rivojlantiriş loyihasini işga tuşirdi. Mazkur loyiha doirasida FIFAga a'zo har bir federatsiya, şu jumladan Özbekiston ham, 4 yil muddatga 5 million AQŞ dollari miqdorida pul oladi. Bu pullar FIFAning «Forvard» loyihasi reglamentida aytib ötilganidek federatsiyaning işini yuritiş, ma'muriy boşqaruv işlari, şuningdek, terma jamoalar, Respublika miqyosidagi musobaqalarni ötkaziş, veb-sayt işlarini takomillaştiriş kabi alohida belgilab qöyilgan işlarga sarflanişi kerak. Amaliy işlar tugagaç, FIFA 5 million AQŞ dollarini 4 yil içida örnatilgan tartibda federatsiyalarga audit asosida ötkazib beradi.

Alohida ta'kidlaş kerakki, Umid Ahmadjonovning FIFA bilan muzokaralari natijasida maxsus loyihalar uçun FIFA bilan 2017-2018 yilgi davrga 1,5 million AQŞ dollari miqdorida şartnoma imzolanadigan böldi. Ahmadjonovning topşiriği asosida Toşkentda uşbu şartnoma şartlarini bajariş böyiça işçi guruhi tuzilib, unga belgilangan muddat içida barça xujjatlarni Tsyurixga yuboriş vazifasi birlamçi qilib qöyildi. Bundan taşqari 2016 yilgi maxsus loyihalar uçun öz hisobidan mablağ işlatib turgan ÖFFga harajatlarni qoplaş maqsadida 1 million AQŞ dollarini ötkazib beriladigan böldi. Janni Infantino kelgusida FIFAning futbolni rivojlantirişga yönaltirilgan moliyaviy grant dasturlarida Özbekistonning faol iştirok etişiga umid bildirdi.

Umid Ahmadjonov va Janni Infantino örtasidagi suhbatda FIFAning «Gol-4» loyihasi böyiça ÖFFning hisob raqamiga ötkazilişi kerak bölgan mablağlarni keçiktirmasdan oliş, milliy terma jamoaga avtobus sotib oliş uçun ajratiladigan mablağning miqdorini oşiriş kabi masalalar muhokama qilindi.

«Gol-4» loyihasi FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter davridagi rivojlantiriş loyihalarining oxirgisi bölib, uning doirasida Özbekiston Futbol Federatsiyasiga 500,000 AQŞ dollari miqdorida mablağ beriladi. Bu pullarning bir qismi allaqaçon Özbekiston Futbol Federatsiyasi binosini qayta ta'mirlaş uçun işlatilgan. Qolgan qismi esa milliy terma jamoaga yangi avtobus sotib oliş uçun sarflanadi. Şu tariqa, ÖFF FIFAning «Gol» loyihalaridagi iştirokini tamomlaydi.