1981 yilda Forbes naşri muharriri Jim Maykls öz xonasiga mas'ul muharrir Garold Senekerni çaqirtirgan. «Bu juma kuni edi. Bu kun xodimlarni böşatiş uçun zaxiralangan edi», deb eslaydi Seneker. Biroq özining böşatilişi haqida eşitişni kutgan Seneker eşitgan narsa yanada ham badtarroq bölgan. Uning keyingi vazifasi jurnal asosçisi Malkolm Forbsning özi bildirgan ğoyani amalga oşiriş, ya'ni Amerikada yaşovçi eng boy odamlar reytingi – tarixdagi ilk Forbes 400’ni yaratiş bölgan. Bunda 400 soni öz içiga 400 kişini siğdira oladigan afsonaviy bal zali Caroline Astor’ga işora bölgan.

Jurnalning köpçilik xodimlari bunday hisob-kitoblarni haqiqatda bajariş mumkin deb xayollariga ham keltirişmagan. Albatta, siz qimmatbaho qoğozlar va birjalar komissiyasidan ma'lumotlarni olişingiz mumkin. Biroq ommaviy bölmagan korxonalar borasida nima qiliş kerak? Uy, yaxta, san'at asarlari töplami borasida-çi? Va siz heç kimni nazardan qoçirmaganligingizga qanday amin böla olasiz? Mayklz Senekerga imkoni bor işni qilişni buyurgan. «Söngra u mening yelkamga qoqib, xonasini tark etgan. Men duşanbagaça u ta'tilga ketganidan bexabar bölganman», deya xotirlaydi Seneker.

Seneker işni yoş muxbir Jonatan Grinberg bilan birga butun mamlakat böylab badavlat odamlarni topiş maqsadida tegişli yangiliklarni örganişdan boşlagan. Ular bankirlar, fandrayzerlar va mahalliy jurnalistlar – şaxsiy boylik haqida ma'lumotga ega bölgan barça bilan suhbatlaşgan holda, butun AQŞni kezib çiqişgan. Ular, AQŞning buyuk neft magnatlarini qidirib Dallas, Hyuston va Midlendga kelişgan, eski Bostondan Kremniy vodiysiga yöl olişgan va Atlanta, Detroyt, Çikago, Talsa hamda boşqa önlab şaharlarda töxtaşgan. Eng katta muammolardan biri Nyu-Yorkdagi köçmas mulkni örganiş bölgan.

«Bizda Nyu-Yorkdagi har bir binoga egalik qiluvçilar körsatilgan katalog bölgan. Biz Beşinçi avenyu, Park-avenyu va Medison-avenyu böylab kezib, har bir binoga qarab, takrorlangan har bir nomni kuzatib borganmiz», deydi Grinberg.

Söngra Forbes 400’ning ehtimoly iştirokçilari bilan intervyular boşlangan. Ulardan köpçiligi röyxatda bölmaslikni istaşgan, qolganlar esa şunçaki göşakni ilib qöyişgan. Biroq yana boşqalar özlari va aksariyat hollarda özgalar haqida gapirişni bajonidil istaşgan. Ular özlarining boyliklari haqida gapirişni xuş körmasalar-da, biroq şeriklari yoki raqobatçilari haqida barça ma'lumotni yetkazişga oşiqişgan.

Ulardan ayrimlari hattoki röyxatda yuqorilaş yoki pastlaşni qöllab-quvvatlagan. Bugungi kunda uşbu röyxatga kiriş uçun sizda kamida 1,7 mlrd dollar bölişi kerak bölsa, öşa vaqtda buning uçun 100 mln dollar kifoya qilgan. Bir magnat raqamni bilgaç, uning boyligi pasaytirilişini ötinib yolvorgan.