Jahon yovvoyi tabiat jamğarmasi Germaniyaning Lebus şahri rahbariyatiga yovvoyi yevropa zubri öldirilgani uçun ayblov e'lon qilmoqçi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, zubr Berlindan 88 km uzoqlikdagi Lebus şahridagi Odra daryosi yonida 13 sentabrda payqalgan. Zubr daryo böyiga Polşadagi Uysts-Varti milliy boğidan ötib qolgan bölişi mumkin.
Mahalliy hukumat zubr xavf solişi mumkin, deb hisoblab, zubrni öldirişga qaror qilgan.
"Germaniyada 250 yildan beri ilk marta yovvoyi zubr aniqlangandi va hukumat öylab topgan iş uni otişdan bölak narsa bölmadi", deb aytgan jamğarma vakili Kris Xeynrik.
Jamğarmada ta'kidlanişiça, zubrlarning özini tutişi "inson uçun xavf solmaydi".
Bu zubr turi Xalqaro tabiatni qöriqlaş ittifoqi "Qizil röyxati"ga kiritilgan. U Yevropaning ğarbiy, markaziy va janubi-şarqiy qismlarida tarqalgan bölgan. Biroq 19-asr oxiriga kelib zubrlar Belovejskaya puşa va Kavkazdagina saqlanib qolingandi. 1927 yilda yovvoyi tabiatda bu zubrlar qirilib ketgan degan xulosaga kelingan. Hozirda bu turdagi zubrlar 30 ta davlat, jumladan Polşa, Litva, Belarus, Ukraina, Rossiya va Slovakiyadagi qöriqxonalarda saqlanadi.












