Xitoylik kemasozlar bor-yöği 8 yil içida 83 ta harbiy kemani qurib, sinovdan ötkazib, foydalanişga topşirişga muvaffaq böldilar, deb xabar bermoqda The Print. Mutaxassislarning prognozlariça, 2025 yilga kelib Xitoy an'anaviy yetakçi – AQŞ harbiy-dengiz kuçlarini ortda qoldirib, dunyodagi eng katta harbiy-dengiz kuçlariga ega böladi.

Xorijiy mutaxassislarning fikriça, xitoylik kemasozlar bunday sur'atlarga mehnatni taşkil qilişning yuqori madaniyati evaziga erişganlar. Harbiy-dengiz floti sohasidagi mutaxassis Vinayak Bxatning ta'kidlaşiça, xitoylik işlab çiqaruvçilarda "bayram" degan söz yöq. Harbiy kemalarni quruvçi barça verflar 8 soatdan 3 smenada işlaydilar. 

Bxatning aytişiça, kemasozlik zavodlariga monand sur'atda konstruktorlik byurolari ham işlaydi. Ularning mutaxassislari mavjud kemalarni takomillaştiriş va yangi harbiy kemalarni yaratiş ustida uzukun tinmay mehnat qiladilar.

Mutaxassisning aytişiça, JNCX kemasozlik verfining özida 2016 yil dekabrda bir vaqtning özida 16 ta kema qurilgan va modernizatsiya qilingan. Mutaxassislarning ta'kidlaşlariça, xitoylik kemasozlar tomondan işlab çiqarişning yuqori sur'atlari kamida yaqin 30 yil davomida saqlanib qoladi.