Xorvatiya rahbariyati 2020 yilda Yevropa valyuta kurslari mexanizmining bir qismi, keyinroq esa yevrohududning tölaqonli a'zosi böliş uçun yaqin haftalarda yevro hududiga kiriş böyiça kampaniyani boşlaydi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Andrey Plenkoviç ma'lum qildi.
Plenkoviç bu haqda Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti talabalari oldidagi çiqişi vaqtida aytdi. Uning aytişiça, Zagreb oldida Xorvatiyaning yevrohududga mansubligini kuçaytiradigan yana ikki qadam qoldi. Ulardan biri – şengen zonasiga qöşiliş, ikkinçisi esa yevrohududga kiriş.
"Biz 2011 yilda Yevropa Ittifoqiga kiriş haqidagi kelişuvni imzolaganimizda, şengen va yevro hududlari talab va mezonlariga muvofiq kelişga rozilik berganmiz. Yaqin haftalarda yevrohududga kiriş böyiça kampaniyani boşlaymiz. U hukumat va milliy bank tomondan amalga oşiriladi", deb aytgan Plenkoviç.
Ayni vaqtda Xorvatiyada muomalada milliy valyuta – xorvat kunasi amal qilib, uning kursi bir yevro uçun 7,5 kuna atrofida tebranadi. Xorvatiya Yevropa Ittifoqiga 2013 yilda kirgan va uning eng yoş a'zosi hisoblanadi.











