Pentagon Afğonistonga mahalliy HHK uçun ikkita UH-60 Black Hawk vertolyotini yetkazib berdi. Bu haqda Military Times gazetasi AQŞning Afğonistondagi kontingenti rasmiy vakili kapitan Uilyam Selvinga asosan xabar qilgan.
Selvinning sözlariga köra, vertolyotlar Qandahorga S-17 harbiy-transport samolyoti bortida jönatilgan. Yana ikkita Black Hawk şunday yöl bilan “keyingi haftada” yuboriladi, dedi Selvin.
Uning aniqlik kiritişiça, "bu törtta vertolyot afğon uçuvçilarini qayta tayyorlaşga möljallangan", ular hozirda Rossiyaning Mi-17’sida uçişmoqda. Birinçi ikki guruh oktabr-noyabr oylarida maşğulot olib boradi. Ulardan biri (öz içiga 36 uçuvçini olgani) – Qandahordagi aviabazada, ikkinçisi – 25 uçuvçi – Fort Rakerdagi (Alabama ştati) aviabazada.
Pentagon Afğoniston HHKni ança kuçaytirib, bu davlatda 16 yildan beri davom etayotgan uruşda tub buriliş yasaş niyatida. AQŞ Mudofaa vazirligi podpolkovnigi Maykl Endryuning xabar berişiça, tört yillik rejaga asosan afğonlarga 159 ta UH-60 va 150 ta köp nişonli MD-530 Cayuse Warrior vertolyotlarini topşiriş möljallangan. Bundan taşqari, qöşimça oltita turbovintli A-29 Super Tucano hujumçi samolyoti, şuningdek, beşta bir motorli turbovintli S-208 Combat Caravan samolyotlari ham beriladi.
AQŞ Kongressi joriy yil boşida Afğoniston HHKni kuçaytiriş uçun 814 mln dollar ajratdi. Pentagon bu mablağlarga 53 ta UH-60, 30 ta MD-530F, qöşimça A-29 va S-208’larga buyurtma berdi.
Black Hawk’lar esa avval işlatilgan bölib, mudofaa vazirligi vakillari ular jiddiy ravişda modernizatsiya qilinişini ma'lum qilgan. Xususan, ularga yangi dvigatellar va raketa qurilmalari örnatiladi. Şuning uçun UH-60’ning birinçi partiyasi faqatgina 21 oydan söng yuboriladi. Pentagon har yili Kongressdan qolgan 106 ta Black Hawk modernizatsiyasi uçun mablağ söraşi kerak.
Pentagon Afğonistondan ruslarning Mi-17 vertolyotlarini “siqib çiqarmoqçi” ekanini yaşirayotgani yöq. Mudofaa vazirligining iyun oyida e'lon qilingan hisobotida körsatilişiça, “afğon HHKning ruslarning Mi-17’sidan UH-60’ga ötişi kelayotgan bir neça yil davomida amalga oşadi". Bunday qarorga "Mi-17’ga xizmat körsatişning murakkabligi va bunga xarajatlar köpayib ketayotgani" bilan izoh berilgan.
Military Times ma'lumotlariga köra, Afğoniston HHKda ayni damda 78 ta Mi-17 bor, ulardan 18 tasi umuman foydalanilmaydi.
Pentagonning işontirişiça, afğon uçuvçilarini qayta tayyorlaş uçun atigi 12 hafta ketadi. Yangi uçuvçilar esa 9-13 oy içida tayyorlanadi. Pentagon yaqin ikki yil içida kamida 100 nafar afğonistonlikni UH-60 va MD-530’da uçişga örgatişi lozim.












