Özbekistonga taşrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi Kotibi N.Patruşev boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasi 21 sentabr kuni Samarqand şahrida böldi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Mehmonlar dastlab Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov mangu orom topgan maskan – Hazrati Xizr majmuasini ziyorat qildi. Birinçi Prezident qabriga gul qöyib, hurmat bajo keltirdi. 

Majmua bilan tanişuv çoğida delegatsiya a'zolariga uşbu obektning bunyod etilişi, qisqa fursatda bu yerda amalga oşirilgan ulkan bunyodkorlik, obodonlaştiriş işlari haqida sözlab berildi. 

N.Patruşev Islom Karimov mustaqil Özbekiston davlatining asosçisi sifatida uning taraqqiyoti, xalqaro maydonda öz munosib örnini topişi uçun juda katta işlarni amalga oşirganini ta'kidladi. Nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik-osoyiştalikni saqlaş, millatlararo totuvlikni ta'minlaş yölida qator taşabbuslarni ilgari surib, ularning amalga oşirilişiga beqiyos hissa qöşgani qayd etildi. 

Şundan söng mehmonlar Xöja Doniyor maqbarasi, dunyoga maşhur Registon ansamblini tomoşa qildi. Uşbu majmualar bilan tanişuv çoğida mamlakatda ajdodlardan meros tarixiy-madaniy obektlarni asrab-avaylaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berildi. 

Delegatsiya a'zolari Samarqanddagi boşqa tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar bilan tanişdi.