Seulda 2018 yilgi qişki Olimpiya öyinlari medallari taqdimoti bölib ötdi. Öyinlar taşkiliy qömitasi matbuot relizida xabar berilişiça, medallar dizayni Koreya madaniyati an'analarini özida aks ettiradi. Medalning old tomonida diagonal çiziqlar tasvirlangan, mukofotning orqa tomonida esa – Olimpiya öyinlari emblemasi bor.

Kelasi yilning 9-25 fevral kuni Pxyonçxanda bölib ötadigan qişki Olimpiya öyinlari iştirokçilari va mehmonlarining xavfsizligi böyiça kafolatlar Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In tomonidan Xalqaro olimpiya qömitasiga berildi. Holat Koreya yarim orolidagi vaziyat keskinlaşganidan qaramay sodir böldi. Bu seşanba kuni uning Xalqaro olimpiya qömitasi rahbari Tomas Bax bilan Nyu-Yorkdagi uçraşuvi vaqtida, Janubiy Koreya tomoni Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga tegişli hujjat topşirganidan söng röy berdi.