Tahririyatga kelib tuşgan navbatdagi murojaat suddagi taniş-bilişçilik munosabatlari haqida.

Unda aytilişiça, «Özsanoatqurilişbank» AT bankida mehnat qilib kelgan D.Rajapov soğliğini tiklaş maqsadida joriy yilning 20 fevralida vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqasini oçtirgan. Oradan bir neça kun ötib, 27 fevral kuni u işdan böşatilgani haqida xat oldi. Mehnat kodeksining 100-moddasiga köra, iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qilingan mehnat şartnomasi D.Rajapov hali işlab turgan kuni, 17 fevralda bekor qilingan bölib, KUN.UZ jurnalistining suriştiruvi davomida bu jarayonda bir neçta qöpol xatoliklarga yöl qöyilgani ma'lum böldi.

Xususan, uşbu kodeksning 101-moddasiga köra, mehnat şartnomasini bekor qiliş huquqiga ega bölgan mansabdor şaxsning, Kasaba uyuşma organining xodimni işdan böşatişga roziligini oliş uçun yozma taqdimnomasini kiritmagunça jarayon davom etmaydi. Jurnalistning aniqlaşiça, bank raisi öz nomiga kiritilgan bildirişnomaga ustxat qilgan holda, Rajapov masalasini «tegişli tartibda körib çiqiş uçun» bank Kasaba uyuşma organiga yönaltirgan. Bu holatda Kasaba uyuşma organining raisi alohida mustaqil şaxs ekanini hisobga olsak, unga alohida taqdimnoma kiritilişi mantiqqa töğri keladi.

Nazariy jihatdan, bankdagi Kasaba uyuşmasi organi 17 fevralga qadar D.Rajapov işini muhokama etib, uni işdan böşatişga rozilik beriş yoki bermaslik qarorini taqdim etişi kerak. Muhokama yiğilişini taşkil etişda Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi Rayosatining 2016 yil 19 apreldagi 2-11-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga rioya qilgan holda, D.Rajapov taklif etilişi majburiy, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Ammo jurnalist bilan suhbatda bölgan bank xodimi ana şu qoida amalda öz aksini topmaganini aytib bergani bizni taajjubga soldi.

D.Rajapov şu va boşqa tafsilotlarga asoslangan holda, hujjatlar eski sana bilan rasmiylaştirilganidan gumon qilib, Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasiga murojaat qilişga majbur bölgan. Uyuşma tomonidan öz vaqtida, qonun doirasida amaliy yordam körsatiş hamda uni işga tiklaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çoralar körilmagaç, D.Rajapov Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga da'vo ariza kiritişga qaror qildi.

KUN.UZ jurnalisti olib borgan suriştiruv natijalariga köra, sudda Rajapovning qonuniy manfaatlari tuman prokuraturasi tomonidan himoya qilinişi lozim bölsa-da, sudga taqdim etilgan dalillar va sudda 3-şaxs sifatida iştirok etgan Davlat mehnat huquqi inspektori A.Esonovning mehnat şartnomasini bekor qilişda mehnat qonunçiligi talablari qöpol ravişda buzilgani töğrisidagi asosli xulosalari e'tibordan çetda qolganday, oqibatda tuman prokuraturasi tomonidan da'voni qanoatlantirmaslik töğrisida fikr berilgan. Tuman prokurorining yordamçisi A.Ismatulloyev taqdim etgan yozma fikrida