Farğona viloyat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda “Transport vositalari huquq tarğibotçisi” mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbarining kirdikorlari foş böldi, deya xabar qilmoqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati.
Joriy yilning avgust oyida viloyat bojxona boşqarmasiga tezkor ma'lumotnoma kelib tuşdi. Unda I.Q. rahbarlik qilayotgan taşkilotda iş topiş istagida bölgan fuqarolarni bir yarim oy davomida öqitib, keyinçalik bojxona tizimiga işga joylaştirişni va'da qilib, pul talab qilayotganligi qayd qilingan edi. Mazkur ma'lumot asosida Milliy xavfsizlik viloyat boşqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi departamentning tezkor tergov guruhi bilan hamkorlikda tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida ma'lum bölişiça, fuqaro I.Q. “Transport vositalari huquq tarğibotçisi” mas'uliyati çeklangan jamiyatini taşkil qilib, mömay daromadga ega böliş maqsadida firibgarlik bilan şuğullangan. Fuqarolarga taşkilotga bojxona brokeri sifatida işga olişini tarğib qilgan. Tarğib qilişga qilganu, ammo bojxona brokeri nima vazifa bajarişi böyiça hattoki özi tuşunçaga ega bölmagan.
Dastlab “ustamon” rahbar xonalarni jihozlaş maqsadida iş izlab kelgan fuqarolardan ularni aldab, 200 ming sömgaça bölgan pul mablağlarini olmoqçi böladi. Rejani amalga oşiriş maqsadida viloyat bojxonasi röparasida joylaşgan Farğona magistral kanallar boşqarmasi binosining 4 qavatidagi bitta xonani ijaraga oladi. Bu yerdagi mutasaddilar beparvo bölgani holda, ularni kim ekanini va nima iş bilan şuğullanişini suriştirmaydi. Hatto ijara şartnomasi ham tuzilmaydi.
Kör körni qoronğuda topadi, deganlaridek, I.Q. fuqaro A. va Z.larni ham öz söziga işontiradi. Muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir neça moddalari bilan sudlangan fuqarolar T., B.larning qöynini puç yonğoqqa töldiradi, ularga soxta guvohnomalar tayyorlab beradi. I.Q.ning gaplariga işongan bu kimsalar şahar va tumanlarda faol tarğibot işlarini olib borişadi.
Şu tariqa ular 2017 yilning avgust va sentabr oylarida uşbu guruh işga kiriş istagida bölgan 30dan ziyod fuqarolardan 100-200 ming sömgaça pul yiğib kelgan. Bu pullarni I.Q. öz xarajatlariga işlatib yuborgan.
Firibgarlikda ustamon bölgan I.Q. boşçiligidagi jinoiy guruhning kirdikorlari qisqa muddatda foş qilindi.
I.Q. muqaddam Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168, 165, 211-moddalari bilan 12 marotaba sudlangan. 2015 yilda Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi bilan aybli deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2017 yilning iyun oyiga qadar Toşkent viloyati Çirçiq şahrida jazoni ötab, sudning qaroriga muvofiq, jazoni axloq tuzatiş işlariga almaştirilgan. Afsuski, fuqaro öz qilmişlaridan tegişli xulosa çiqarmagan.












