Özbekiston va Qozoğiston Çimkent-Jizzax neft quvurini qurişga kelişib oldi, deya xabar beradi Kazinform axborot agentligi.
Quvurni quriş ötgan hafta Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Özbekistonga qilgan taşrifi çoğida ikki mamlakat hukumatlari örtasida imzolangan energetika sohasidagi hamkorlikning ayrim masalalari böyiça doiraviy kelişuvda nazarda tutilgan.
Kelişuvga muvofiq, yiliga 5 million tonna quvvatga ega Çimkent-Jizzax neft quvuri 2021 yilga kelib foydalanişga topşiriladi.
Bundan taşqari, hujjatga muvofiq, tomonlar neft quvurini quriş va işga tuşiriş uçun vakolatli taşkilotlarning rejalarini amalga oşiriş maqsadida qulay şart-şaroitlarni yaratişga yordam beradi.












