Buyuk britaniyalik Nial Fergyuson özining «Buyuk degeneratsiya. Davlat va institutlar qanday halok böladi» asarida öquvçining oldiga bir noqulay savolni köndalang qöyadi: Nega ğarb demokratiyasida siyosiy va moliyaviy munosabatlar sönib bormoqda, qonun ijodkorlari qanday qilib qonunlarning ustidan hukmronlikni örnatdi hamda jahon moliyaviy tizimiga barqarorlikni qayta olib kiriş uçun nima zarur? Muallifning aytişiça, kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişning bir timsoli bu - xususiy ta'lim maktablarni köpaytiriş va qöllab-quvvatlaş.
Fergyusonning ta'kidlaşiça, davlat ta'lim tizimidan taşqarida bölgan xususiy maktablar barça ijtimoiy sinf - boy, örtahol va kambağal uçun ham foydali.
«Agar men mamlakatda yagona ta'lim siyosatini yoqlab ovoz bersam, demak, bu tizim xususiy maktablar sonini muntazam oşirib boriş hamda ehtiyojmand oila farzandlariga turli stipendiya, dotatsiya va vauçer dasturlari körinişidagi imkoniyatlarni taqdim etişi şart», deydi u.
Albatta, ta'kidlaş joizki, hukumat modelidagi umumta'lim maktablar qançadir muddat katta samara bilan faoliyat yuritdi. 1852 yildan AQŞ tajribasida majburiy boşlanğiç ta'limni uzluksiz ta'minlaş maqsadida mahalliy soliq ham joriy etildi. Bu körinişdagi turli tadbirlar tez fursatda ijobiy natija bera boşladi: aholining savodxonlik darajasi keskin ortib, maorifga e'tibor kuçaydi. Ammo, birozdan söng, ta'lim sohasini töliq nazorat qilib turgan hokimiyat uşbu yönalişda monopoliya örnatadi, tabiiy qonuniyatga köra, raqobatsiz faoliyat sifatsizlaşib qoladi. Aholi savodxonligi oşgaç, uni yanada yuqori darajaga olib çiqiş uçun imkoniyat kamaydi.
Men bu bilan davlat maktablarini qoralab, xususiy maktablarni yonini olmoqçi emasman. Şunçaki, maorif faoliyatini taqqoslaş uçun, uning barqaror rivojlanişini ta'minlaş maqsadida muqobil tizim mavjud bölişi lozim. Bu örinda majburiy ta'limning davlat tomonidan bepul ta'minlanişi yoqlab çiqqanlar yodida tutişi lozim bölgan bir omil bor: qarşilik sifatsiz tizimni davomiy yaşab qolişini ta'minlaydi hamda xususiy maktabga ehtiyojni oşiraveradi.
Finlyandiya ta'lim tizimida mavjud munosabatlar ajoyib yeçimni taklif etadi: xususiy maktabning boşqaruvi va ta'lim jarayonlari mahalliy hokimiyat tomonidan boşqarilmaydi, balki davlat standartidan past bölmasligi nazorat qilinadi. Şuningdek, bunday faoliyatni davlat byudjyetidan moliyalaştirib boriladi. Şunga öxşaş tizim Angliyada ham mavjud va ular «Akademiya» nomi bilan ataladi. Bu turdagi maktablar AQŞda charter deyiladi, ularning soni 2 mingdan ortgan. Muhimi şundaki, mahalliy hokimiyat byudjyetidan moliyalaştiriladigan charter maktablarda quyi ijtimoiy sinf vakillari ham ta'lim oliş imkoniyatiga ega.











