Instagram fotoservisi jonli translyatsiyalar davomida "niqoblaniş" imkonini qöşdi. Bu haqida kompaniya blogida ma'lum qilindi. 

"Hikoyalar" funksiyasining öng tomon, pastki qismida filtr qöşuvçi tugma paydo böladi. Dastlab "niqoblar"ni faqat oldindan olingan surat, video va "bumeranglar"ga qöşiş mumkin edi. 

Instagram "jonli" videolar uçun maxsus yangi "niqob" - linzalardagi tasvirni özgartiruvçi quyoş közoynaklarini qöşdi. Efir videotasmasini Stories bölimida qoldiriş yoki öçiriş mumkin.

Kompaniyada ta'kidlanişiça, oktabr oyi örtalariga borib, jonli efirlarga möljallangan filtrlardan barça birdek foydalanişi mumkin böladi. 

Instagram jonli translyatsiyalar funksiyasini 2016 yilning noyabrida işga tuşirgan. 2017 yilning may oyida ilovada oldindan olingan video yoki suratni "niqob"laş imkoni paydo böldi. Ilovaning yangilangan versiyasida şuningdek "xeşteg-stikerlar" va teskari video funksiyasi yölga qöyildi.