Özbekiston yoşlar ittifoqi matbuot xizmati Jizzaxda röy bergan fojiali xabar yuzasidan raddiya berdi.

Kuni keça ijtimoiy tarmoqlar va bir qator saytlarda Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida sodir bölgan baxtsiz hodisa Yoşlar ittifoqi bilan boğlab axborot tarqatilgan.

Jumladan, mazkur tumandagi 32-maktabda faoliyat olib borgan 39 yoşli G.Tojiboyeva yöl-transport hodisasi tufayli bevaqt vafot etgani, u şu kunga qadar Özbekiston yoşlar ittifoqi taşkilotçisi bölib işlagani va paxta yiğim-terimi mavsumiga Yoşlar ittifoqidan jalb etilgani haqida ma'lum qilingan.

Özbekiston yoşlar ittifoqi mazkur ma'lumotga özining keskin e'tirozini bildiradi va quyidagilarni ma'lum qiladi:
1) Bugungi kunda Jizzax viloyati Ş.Raşidov tumanidagi 32-maktabning Yoşlar ittifoqi yetakçisi sifatida Egamberdiyev Orziqul Rustam öğli faoliyat olib bormoqda;
2) Aslida manbada keltirilgani kabi 39 yoş emas, balki 46 yoşda bölgan marhum G.Tojiboyeva uyuşmagan yoşlarning «Fidoiy yoşlar otryadlari» loyihasi orqali paxta yiğim-terimida iştirok etmagan. 

Yuqoridagilardan kelib çiqib, bu kabi axborotlarni tarqatişdan oldin Özbekiston yoşlar ittifoqi bilan boğlanib, ma'lumotni aniqlaştiriş hamda keng jamoatçilikka töğri va obektiv axborot yetkaziş prinsipiga doimo rioya qiliş kerak deb hisoblaymiz.

Ta'kidlaş lozimki, bir guruh vaqtinça işsiz yoşlarning Özbekiston yoşlar ittifoqi faollariga qilgan murojaati asosida har bir tuman-şahar kesimida vaqtinça işsiz yoşlarni mavsumiy iş bilan ta'minlaşga qaratilgan «Fidoiy yoşlar otryadlari» loyihasi amalga oşirilmoqda. Jumladan «Fidoiy yoşlar otryadlari» paxta yiğim terimida ham faol iştirok etmoqda. 

«Fidoiy yoşlar otryadlari» – işsiz yoşlarni vaqtinçalik foydali mehnat bilan band qiliş va ularni moddiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ixtiyoriylik asosida tuzilgan köngilli yoşlar tuzilmasi hisoblanadi.

Öz navbatida Özbekiston yoşlar ittifoqi marhumaning yaqinlariga öz hamdardligini bildiradi.