Xorijdagi Özbekiston fuqarolariga qulaylik yaratiş maqsadida MDH davlatlarida konsulliklar faoliyatini kengaytiriş rejalaştirilmoqda.

Jumladan, Rossiyaning Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon şaharlarida Özbekiston konsulligini oçiş uçun rasmiy rozilik olindi. Bu haqida KUN.UZ muxbiri TIV rahbarining örinbosari A.Xodjayevning 21 sentabr kuni bölib ötgan brifingda bergan ma'lumotlariga asoslanib, xabar berdi. 

Şuningdek tadbirda ma'lum qilinişiça, bugungi kunda fuqarolarning davlat çegarasidan ötiş jarayonlarini soddalaştiriş, qoğozbozlik, korrupsiyaga çek qöyiş, yagona darça tizimini yölga qöyiş masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

2019 yilning 1 yanvaridan xorijga çiqiş stikeri bekor qilinadi, uning örniga xorijga çiqişga möljallangan biometrik pasport muomalaga kiritiladi. Mazkur pasportning amal qiliş muddati - 2 yildan 10 yilgaça. 

Tadbirda ta'kidlanişiça, ayni kunlarda yangi pasport tizimini yölga qöyiş böyiça yangi tahrirdagi Nizom işlab çiqilmoqda, buning uçun esa biroz muddat talab qilinadi. 
 
Bundan taşqari, tadbirda bugungi kunda interaktiv xizmatlar, elektron hujjatlaştiriş tizimini yaratiş böyiça muayyan işlar olib borilayotgani, kelgusida elektron navbatlar joriy qilinişi va şu tariqa fuqarolarga qulaylik yaratilişi ta'kidlandi.