Din işlari böyiça Qömita saytida “Hadis ilmi Oliy maktabini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning yangi qarori loyihasi qöyildi.
Hujjatda ta'kidlanişiça, mustaqillik yillarida barça sohalarda bölgani kabi, muqaddas islom dinini örganiş, ajdodlar merosini qayta tiklaş va kelajak avlodlarga yetkaziş böyiça ham keng kölamli işlar amalga oşirildi. Buyuk ajdodlarga munosib vorislarni tayyorlaş maqsadida mamlakatimiz diniy ta'lim tizimida ham islohotlar amalga oşirilayotganini ijobiy baholaş mumkin.
Movarounnahr zaminidan yetişib çiqqan buyuk muhaddislar Imom Dorimiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abdulloh ibn Muborak, Ibn Hibbon, Xaysam ibn Kulayb Şoşiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad Barokotiy, Ibrohim ibn Ma'qil Nasafiy va Abd ibn Humayd Keşiylar tomonidan katta hadis maktabiga asos solingan bölib, uşbu ilmu ma'rifat va ziyo maskanlari hadis ilmi rivoji hamda dunyo ilm-fan taraqqiyotida öçmas iz qoldirgan.
«Hadis ilmining sultoni» maqomini olgan buyuk vatandoşimiz Imom Buxoriyning «Al jome' as-sahih» kitobi musulmon dunyosida Qur'oni karimdan keyingi ikkinçi muqaddas manba bölib, islom dini e'tiqodiga köra, u başariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng uluği hisoblanadi.
Qarorni qabul qilişdan közlangan maqsad, loyihada belgilanişiça, muqaddas islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk vatandoşlarimizning boy merosini çuqur örganiş, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklaş va rivojlantiriş hamda islom dini asoslari va hadis ilmini mukammal özlaştirgan oliy ma'lumotli yetuk mutaxassis-kadrlarni yetiştirişdir.
Hadis ilmi Oliy maktabining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilaş rejalaştirilgan:
- «Ta'lim töğrisida»gi Qonun hujjatlari va ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy pritsiplariga tayangan holda islom dini sohasida fundamental bilim va tuşunçalar, tarixiy va zamonaviy an'analar, innovatsiya texnologiyalarini, dinlar tarixi va nazariyasini çuqur egallagan, islom dini asoslarini, hadis ilmini mukammal özlaştirgan, dunyoga maşhur hadis ulamolari tomonidan bitilgan olti işonçli hadis töplamlarini puxta özlaştirgan, turli oqimlarning yot ğoyalariga qarşi raddiyalar bera oladigan hamda hadis va hadis ilmi böyiça oliy diniy ma'lumotga ega bölgan yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlaş;
- yoşlarni milliy qadriyatlarimizga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, mustaqil dunyoqaraşga va fikrlarga ega bölgan ma'naviy boy va har tomonlama barkamol avlodni şakllantiriş;











