Özbekiston terma jamoalar fan-klubi raisi Abdurahmon Fozilov Tribuna.UZ’ga yozgan xatida faoliyatini yakunlaşi haqida ma'lum qildi.

«Bundan roppa-rosa 10 yil oldin: «Yaqinda Rauf Inileyev qöl ostidagi Özbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasiga qarşi muhim öyinda maydonga tuşadi, şu muhim öyinda fan-klub taşkil qilib, jamoani çiroyli qöllab-quvvatlab bera olasizlarmi?» — deb meni Özbekiston futbol federatsiyasiga çaqirişgan edi va 7 kun içida tayyorgarlik körib, 300 kvadrat metrli bayroq tiktirgan edim. Fan-klubga bir xil futbolka va şarflar ham tarqatilgan edi. Milliy terma jamoamiz esa 3:0 hisobida ğalaba qozongan edi. Öşa öyinda ön minglab muxlislar MHSK stadioniga kira olmay, köçada qolib ketişgandi», — deb hikoya qiladi u.

Öşa kundan beri mana 10 yil davomida xoh uyda, xoh xorijda bölsin, muxlislarimiz bilan yelkama-yelka turib, bir tanu bir jon bölib, milliy terma jamoalarimizni qöllab-quvvatlab kelmoqdamiz.

Qorli kunlaru, jazirama issiqda, yomğiru sovuqda, vatanimizning birinçi raqamli jamoasining haqiqiy 12-öyinçisi böldik. Fan klub öz yöliga, öyin davomida sizlarning oldingizga borganimda va barçamiz bir bölib ğalaba sari çorlaganlarimiz va siz aziz muxlislarni qöllab-quvvatlaganingiz uçun barçangizga boş egib, minnatdorçilik bildiraman.

Ha, biz ğoliblik gaştini ham surdik, mağlubiyat alamini ham torib kördik... Nima bölganida ham, vatanimiz bitta va milliy termamiz ham xuddi yuragimiz kabi bitta. Uni doimo ardoqlaşdan çarçamaymiz.

Rosti, terma jamoamizning sönggi öyinlari dilni juda ham oğritdi. Biroq, işoning, futbolçilarimiz borini berişdi, çunki heç qaysi bir futbolçi yarim kuçda öynayman, deb maydonga tuşmaydi! Xatoni boşqa joydan izlaşimiz darkor.

Xudo xohlasa, Futbol federatsiyasining yangi rahbariyati yeng şimarib, işni qizğin boşlab yuborişgan. Öylaymanki, 2016 yil Umidjon Muhammadjonoviç Ahmadjonov rahbarligidagi  paraolimpiya terma jamoamizning 31 a'zosi bilan Paraolimpiadada 32 medal olganidek, futbol böyiça terma jamoalarimiz — barça yoşlar va asosiy jamoamiz albatta maqsadlariga erişadi.

Lekin Koreyaga qarşi sönggi öyinda sezdimki, men çarçabman, şu yillar davomida kuçimning boriça harakat qildim. Bilaman, sizlarning har biringiz har qanday fan-klubdan qolişmadingiz. Çunki har biringiz şu aziz vatan uçun joningizni berişga tayyorsiz!

Men esa öz ixtiyorim bilan terma jamoalar muxlislar klubi rahbarligidan ketiş istagimni bildiraman. Çunki yoşlarga yöl oçiş har birimizning burçimizdir. Masalan, «Paxtakor» fan klubida Javohirbek, «Andijon»da Nodirbek, «Qizilqum»da Şuhratjon, «Qöqon»da Ilhomjon va Qahramonjon... Sanasak sanoğiga yetmaymiz. Ularning barçasi terma jamoa fan klubiga rahbarlikka loyiq.