2017 yilning 22 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.

Majlisda deputatlar tomonidan Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi ham körib çiqildi. 

Uşbu qonun loyihasi, deputatlar ta'kidlab ötganidek, bozor iqtisodiyotining asosiy şartlaridan biri bölgan xususiy mulk kafolatlarini ta'minlaşda va himoya qilişda hal qiluvçi ahamiyatga ega. Bugungi kunga qadar Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq jinoyat quroli, kimga tegişliligidan qat'i nazar, musodara qilinişi kerak bölgan va tegişli muassasalarga topşirilgan yoki yöq qilib yuborilgan.

Qonun loyihasiga muvofiq, uşbu talabga özgartiş kiritilib, gumon qilinuvçiga, ayblanuvçiga, sudlanuvçiga, mahkumga tegişli bölgan jinoyat qurollari musodara qilinişi kerakligi va tegişli muassasalarga topşirilişi yoki yöq qilib yuborilişi nazarda tutilmoqda. Jinoyat qurollari gumon qilinuvçiga, ayblanuvçiga, sudlanuvçiga, mahkumga tegişli bölmagan taqdirda, ular mulkdorlariga qaytarib beriladi.

Tahririyat izohi: Jinoyat qurollari – şaxs jinoyatni sodir etiş uçun tayyorlagan yoki foydalangan har qanday predmet, masalan, sovuq qurollar, transport vositalari, asbob-uskuna va h.k. bölişi mumkin. Ular jinoyat tarkibi belgilariga qöşiladi, çunki ular jinoyat sodir qilişini yengillaştiradi, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini oşiradi.

Masalan, jinoyatçi Damas rusumli avtomaşinada kontrabanda mahsulotlarini taşigan bölsa, yakunda öşa kontrabanda mahsulotlari ham, jinoyat quroli sifatida foydalanilgan Damas avtomaşinasi ham musodara qilinadi. Amaldagi qonunçilikka köra, agar Damas avtomaşinasi birovniki bölsa va uning egasi öz maşinasida kontrabanda mahsuloti taşilayotganini bilmagan bölsa ham (masalan, ijaraga bergan), Damas avtomobilidan ayrilib qolar edi. Qonunçilikka yuqorida nazarda tutilgan özgariş kiritilsa, amaliyotda uşbu muammo hal qilinişi kutilmoqda.