Germaniya çempionatining 6-turidan örin olgan dastlabki uçraşuv ötkazildi. Unda Myunxenning «Bavariya» klubi öz uyida «Volfsburg»ni qabul qildi.
Uçraşuvning birinçi bölimida Robert Levandovski va Aren Robbenning goli evaziga mezbonlar hisobda oldinga çiqib olişgandi, biroq ikkinçi bölimda ularning xotirjamlikka berilişi natijasida avvaliga Maksimilian Arnold, keyinroq esa Daniel Didavining gollarini ötkazib yubordi va natijada uçraşuv durang bilan tugadi.
Uşbu natijadan keyin «Bavariya» oçkolari sonini 13taga yetkazib, «Borussiya» Dortmundga yetib oldi, biroq dortmundliklar öz öyinini endi ötkazişadi.
Germaniya bundesligasi, 6-tur
Bavariya – Volfsburg 2:2 (2:0)
Gollar: Levandovski (33, penalti), Robben (42) – Arnold (56), Didavi (83).
Bavariya: Ulrayx, Xummels, Boateng, Rafinya, Robben (Xames, 85), Kimmix, Rudi, Vidal (Tolisso, 63), Riberi (Koman, 85), Myuller, Levandovski.
Volfsburg: Kastels, Uduoxay, Tisseran, Itter, Villiam (Blaşçikovski, 46), Arnold, Kamaço (Didavi, 73), Malli, Gilavogi, Verxag, Origi (Bazur, 85).
Ogohlantirişlar: Vidal (13), Tisseran (18), Villiam (25).












