Xitoy Made in China dasturini işga tuşirmoqda, AQŞ prezidenti Donald Tramp esa işlab çiqarişni Amerikaga qaytarişga va'da bermoqda. Biroq bu yondaşuvdan allaqaçon voz keçiş kerak, deya hisoblaydi Xitoyning Alibaba riteyleri rahbari Jyek Ma. Global korporatsiya asosçisi işlab çiqariş va mehnatning yangi şakliga ötişni taklif qilmoqda. Biroq, an'anaviy ta'lim avvalgi davr qolipida qotib qolgan hamda maktab öquvçilarini hamon fabrikadagi işga tayyorlamoqda.

Xitoyning elektron tijorat sohasidagi yirik korporatsiyasi bölmiş Alibaba rahbari Jyek Maning fikriça, kelajakda mehnat bozoridagi asosiy drayverga sanoat emas, balki xizmatlar sohasi aylanadi. XXR hukumati tomonidan ilgari surilayotgan Made in China dasturi, hamda Donald Trampning Amerikani işlab çiqarişni AQŞga qaytariş hisobidan yana buyuk qiliş haqidagi va'dalari zamonaviy şaroitlarda mantiqqa ega emas. «Made in China va Made in America haqida gapirişni töxtatiş lozim. Made in Internet davri keldi», - deya ma'lum qildi Ma Nyu-Yorkdagi Bloomberg Global Business Forum’da nutq sözlab.

Alibaba asosçisining fikriça, ta'limga hozirgi yondaşuv yangi şaroitlarga javob bermaydi hamda bolalarni mehnat bozoridagi özgarişlarga tayyorlamaydi. «Biz bolalarni şunday öqitmoqdamizki, ular 30 yildan söng işsiz qolişadi», - deya Jyek Maning sözlarini keltiradi CNN Money.

Bolalarni maşinalar kişilardan yaxşiroq ekaniga işontirişmoqda, hamda şu bilan birga, kişilardan maşinalarga öxşaşi kerakligini talab qilişmoqda. Biroq kelajakda maşinalarda umuman bölmaydigan sifatlar qadrli böladi. Maning fikriça, bu sifatlarga IQ, EQ va LQ kiradi. LQ – bu muhabbat koeffitsiyenti bölib, kişilarni maşinadan ajratib turuvçi noyob xususiyatdir. «Agarda, sizni hurmat qilişlarini xohlasangiz, LQ’ni oşiring», - deya maslahat bergan Alibaba rahbari.

Jyek Ma forumda çiqiş qilib, özini bir vaqtning özida realist va texnologiyalar kelajagiga işonuvçi optimist sifatida tan oldi. Biroq, xitoylik tadbirkor ehtiyotroq bölişni maslahat bergan. Avvalroq Ma insoniyat 30 yildan söng yangi global çaqiriqlar bilan töqnaşişi, internet esa kişilarga «oğriqli ön yillik» keltirişini ma'lum qilgandi. Biroq Alibaba yetakçisining Nyu-Yorkda ta'kidlaşiça, kişilarning qörqitiş kerak emas. «Menga olimlar, muhandislar va yirik tadbirkorlarning odamlarni texnologiyalar bilan qörqitişi yoqmaydi. Kişilar maşinalar insoniyatdan ustun kelişi mumkinligidan çöçimoqda. Menimça, odamlar özlaridagi işonçni his qilişlari lozim».