Şvetsiyaning Telia Company AB (TeliaSonera) telekommunikatsiya kompaniyasi AQŞ, Şvetsiya va Niderlandiya hukumati tomonidan korrupsiyaga oid qözğatilgan işni hal qiliş uçun 965 mln. dollar tölab beradi. Bu haqda kompaniya sayti xabar berdi.

Jarimalar Qöşma Ştatlar Adliya vazirligi, qimmatbaho qoğozlar va birjalar böyiça komissiya, şuningdek, tergov bilan şuğullangan Şvetsiya hamda Niderlandiya prokuraturasiga tölab beriladi. 

Qimmatbaho qoğozlari Nyu-Yorkda savdo qilinuvçi Telia kompaniyasi poralar bilan «Özbekistondagi serdaromad telekommunikatsiya biznesini yomonlaştirdi», deya ma'lum qildi The Local portaliga Nyu-York janubiy okrugining amaldagi prokurori Jun Kim. Uning sözlariga köra, Telia va uning özbek bölinmasi Coscom LLC Özbekistonda yuqori mansabli davlat xizmatçisiga yaqin qarindoş bölgan va telekommunikatsiya sohasini tartibga soluvçi idoraga ta'sir körsatgan amaldorga 331 mln. dollar tölab berişganini tan olişgan.

AQŞ hukumati poraxörlik böyiça işni tergov qiliş doirasida Telia va Coscom LLC’ni xorijiy korrupsiya töğrisidagi qonunni buzişda aybladi.

2012 yilda şvetsiyalik jurnalistlar guruhi TeliaSonera Özbekiston bozoriga çiqiş uçun taxminan 300 mln. dollar tölaganini aniqladi.  

2012 yilda Niderlandiya, Şveytsariya va Şvetsiya, 2014 yilda esa AQŞ Özbekiston telekommunikatsiya bozoridagi ehtimoliy poralar böyiça tergov boşladi. AQŞda hisoblanişiça, Rossiyadan bölgan MTS va VimpelSom kompaniyalari hamda TeliaSonera soxta firmalar orqali bozorga kiriş uçun poralar berişgan. 2016 yilning fevralida VimpelCom rahbariyati pora beriş holatini tan oldi va Niderlandiya hukumati hamda prokuraturasi bilan korrupsiya böyiça da'volarni hal qiliş haqida kelişib oldi. Kompaniya 795 mln. dollar tovon pullarini tölab berişga va'da qilgan, ulardan yarmini Niderlandiya tomoni oldi.