2017 yilning 21 sentabr kuni taxminan soat 21:30 dan 22:00 gaça bölgan vaqt oraliğida, noma'lum şaxslar, özganing mulkini oçiqdan-oçiq ravişda talon-toroj qiliş maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, Yakkasaroy tumani hududida joylaşgan mas'uliyati çeklangan jamiyat binosi içkarisiga ğayriqonuniy ravişda kirib, şu yerdagi seyf içidan fuqaro T.U.Z.ga tegişli bölgan 177.000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni egallab olişgan. Şundan söng, mazkur jamiyat işçisining hayoti va soğligi uçun xavfli bölmagan zörlik işlatib, jinoyat sodir etilgan joydan yaşiringanlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 4-qismi “a” bandi (talonçilik, ya'ni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, juda köp miqdorda, özganing mulkini oçiqdan-oçiq talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni S.X.S., S.M.T. va N.N.M. sodir etganliklari aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.










