Yaponiyaning Toyota markasi qariyb 20 yil avval bozorga Prius gibridli modelini çiqargandi. Biroq, vaqt ötmoqda, hamda hozirda Toyota’ning elektrokarlar segmentidagi pozitsiyalari unçalik mustahkam emasdek körinmoqda. Yaponlar bu vaziyatga tub buriliş yasaş niyatidalar.

DetroitBureau naşrining manbalarga asosan xabar berişiça, yaponlar yaqin 10 yil içida bozorga elektr kuç qurilmalari bilan jihozlangan 10 ta modelni çiqariş niyatida. Ulardan bir qismi töla elektrli böladi, ba'zilari gibridli dvigatellarni oladi, boşqalari esa – elektr rozetkasidan quvvatlantiriş imkoniyatiga ega gibridli dvigatellardir.

Hozirça u yoki bu elektrokar qaçon çiqarilişi böyiça aniq ma'lumot yöq. Biroq naşr manbalarining xabar berişiça, markaning birinçi töliq elektrlaştirilgan avtomobili 2021-2022 yillarda taqdim etiladi. Şu bilan birga, batareyalar sifatida köplab markalarning zamonaviy elektrokarlaridagi litiy-ionli emas, balki qattiq jismli elementlardan foydalanilişi aytilmoqda.

Bundan taşqari, yaponlar klassik motorlarga ega modellarni ham esdan çiqariş niyatida emas, sababi ularga bölgan talab hozirça ança yuqori darajada.

Kutilişiça, Toyota model qatorini elektrlaştiriş böyiça yangi strategiyani Detroytdagi xalqaro avtosalon doirasida taqdim etadi. Tadbir kelasi yilning yanvarida bölib ötadi.

Avvalroq yangi qiyofadagi Toyota Land Cruiser Pradöning ilk fotosuratlari namoyiş etilgandi.