Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Frankfurt şahrida iş boşlagan nufuzli xalqaro avtokörgazmada yangi Land Cruiser Prado modelini namoyiş qildi. Uning old qismi dizayni butunlay özgargan, salonida yangi uskunalar paneli va markaziy konsol paydo böldi.
 
Yangilangan yöltanlamas avvalgisiga qaraganda 60 mm ga uzunroq bölib, 4840 millimetrdir. Yöl bilan oraliği avvalgidek 215 mm sifatida saqlangan. Biroq, kiriş, çiqiş va ramplar burçagi endilikda 31, 25 va 22 millimetrni taşkil etmoqda. 

Rama konstruksiyasi, doimiy töliq tortiş va differensiallarni majburiy tösiş saqlab qolindi. Restaylingdan söng, «Prado»da boşqaruvçi elektronikaning Eco, Normal va Sport kabi uç namunasiga yana 2 ta – Sport S va Sport S + qöşildi. Elektronikani turli xil noqulay yöl şaroitlariga moslaştiruvçi Multi-Terrain Select tizimida olitnçi, avtomatik işlaş tartibi ham paydo böldi.

Foto: Motor.ru

Yangilangan «Prado» Yevropada 177 ot kuçiga ega 2.8 l dizel motor hamda hozirgi 161 va 249 ot kuçli 2.7 va 4.0 l hajmdagi benzinli motorlar bilan jihozlangan holda sotiladi. 

Foto: Motor.ru

Yöltanlamas jihozlariga diodli çiroqlar, Land Cruiser 200 modelida bölgani kabi şaffof tom 360 darajali videotomoşa funksiyasi, uç hududli iqlim-nazorati, havoni aylantiruvçi old örindiqlar, 8 dyuymli ekranga ega Toyota Touch 2 multimedia tizimi kiradi.

Foto: Motor.ru

Bundan taşqari, old va orqa örindiqlarni, rul çambaragi hamda old oynani isitiş, salonni qöşimça elektrli isitiş va dizelli maşinalarni yurgizişdan avval qizdiriş imkoniyatlari qiş mavsumi juda sovuq böladigan mintaqalarga möljallangan.