Angliya premer-ligasining 6-turidan örin olgan yana bir uçraşuv bölib ötdi. Unda «Lester» bir hafta oldin Liga kubogida ustun kelgan «Liverpul»ni qabul qildi.

Uçraşuvning dastlabki qismida «Liverpul» Muhammad Saloh va Filippe Koutino tomonidan kiritilgan  gollar evaziga oldinga çiqib olgandi, birinçi bölim sönggida Şinji Okazaki farqni bittaga qisqartirdi, ikkiniçi bölimda Jordan Hendersonning goli farqni yana ikkitaga yetkazgandi. Biroq Jyeymi Vardi bir daqiqa ötar-ötmas farqni yana minimal körinişga olib keldi - 2:3. Ammo uç daqiqa ötib u penaltidan foydalana olmadi va bu jamoaga qimmatga tuşdi. Qolgan daqiqalarda hisob özgarmadi va «Liverpul» uç kun oldingi mağlubiyat uçun qaysidir ma'noda öç oldi.

Uşbu ğalabadan keyin «Liverpul» hisobidagi oçkolar soni 11taga yetdi va jamoa 4-6 örinlarni «Tottenhem» va «Uotford» bilan bölişib turibdi.

Angliya premer-ligasi, 6-tur

 Lester – Liverpul 2:3 (1:2)

Gollar: Okazaki (45+3), Vardi (69) – Saloh (15), Koutino (23), Henderson (68).
Noaniq penalti: Vardi (73, darvozabon).
Lester: Şmeyxel, Simpson, Morgan, Maguayr, Çiluell, Marez (Grey, 61), Ndidi, King, Olbrayton (Slimani, 80), Okadzaki (Ixeanaço, 74), Vardi.
Liverpul: Minole, Gomes, Matip, Lovren, Moreno, Djan (Milner, 74), Xenderson, Veynaldum, Salax, Firmino (Starridj, 64), Koutino (Oksleyd-Çemberlen, 79).
Ogohlantirişlar: Olbrayton (17), Ndidi (22), Matip (45), Lovren (56), Minole (72), Vardi (90).