BAA hukumati Saudiya Arabistoni fuqarolariga qirollikda 23 sentabrda nişonlanadigan Milliy kun munosabati bilan mehmonxonalarda 50 foizlik çegirma örnatdi. Bu haqda BAA boş vaziri va Dubay hokimi şayh Muhammad bin Raşid Al-Maqtum tvitterda ma'lum qildi.
Şu kuni 1932 yilda Najd, Hijoz, Al-Hasa va Katif viloyatlari Saudiya Arabistoni deb atalgan yagona qirollikka birlaşgan.
"Milliy kunda Amirlikka keluvçi saudiya arabistonilik mehmonlar mehmonxonalarda 50 foizlik çegirma bilan qolişlari mumkin. BAA va Saudiya Arabistoni toabad birga", deb yozgan Al-Maqtum.
"BAA va Saudiya Arabistoni toabad birga" şiorini BAAdagi mobil operatorlar bayramgaça bir neça kun avval barça mobil telefonlar ekranlarida çiqara boşlaşgan.
Bundan taşqari, Saudiya Arabistonining milliy bayramidan bir neça kun avval BAA aeroportlarida Amirlikka kelayotgan saudiya arabistonliklar tabriklanib, ularga kiçik sovğalar ulaşilgan.












