Farer orollari qoyalari çöqqisiga çiqişga muvaffaq bölgan sayyohlar ajoyib manzaraning guvohi bölişadi. Fiordlar (qoyatoşlar bilan öralgan körfaz), tuman, qoyalar labirintida yaşirin şinamgina baliqçilar qişloği... va eng ğaroyib qamoqxona, deyiladi Trendymen naşrida.

Qamoqxona oroldagi eng yirik arxipelagda joylaşgan. U Myorkadalur tumanida joylaşgan bölib, tarjimasi "Tumanlar vodiysi" ma'nosini anglatadi - Kaldbaksfyorsur fordi odatda doimo bulutlar bilan qoplangan böladi.


Pastga tomon taxminan yarim yölda, Strimoyni kesib ötuvçi asosiy yöl böylab bir neça pastqam oq binolar bor, ularning tomlari qalin ötlar bilan qoplangan. Derazalaridan fiordning betakror manzaralari körinib turadi. Ana şu bino qamoqxona!

Bu yerda atigi 12 nafar mahbusni saqlaş mumkin. Ularning biri, darvoqe, yaqinda qoçib ketdi. Uzoqqa emas, albatta - qöşni qişloqdan topildi. Uning nima uçun qoçgani hozirça jumboqligiça qolmoqda. Zero bunday qulayliklar (devorlarida plazma, mini-golf maydoni)ga ega qamoqxonadan hali heç kim qoçmagan.










