Kataloniya politsiyasi Ispaniya IIVning töğridan-töğri boşqaruviga ötkazildi. Bunday qaror, El Pais’ning xabar berişiça, Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy boşçiligidagi hukumat tomonidan uşbu mintaqada mustaqillik böyiça referendum ötkazilişidan sakkiz kun avval qabul qilindi.

Muxtor viloyat politsiyasi IIVning töğridan-töğri boşqaruvi ostiga ötkazilganidan söng, deya ta'kidlaydi El Pais, Kataloniya hududida jamoat tartibini saqlaşga javobgar bölgan barça tuzilmalar Madridning töğridan-töğri boşqaruvi ostida turibdi.

Kataloniya mustaqillik böyiça referendumni 1 oktabrga belgilagan. Ispaniya hukumati uni noqonuniy va konstitutsiyaga zid, deya e'lon qilgan.

Refendumga tayyorgarlik körganlik uçun muxtoriyatning 10dan ortiq yuqori mansabli amaldorlari qölga olindi, ovoz beriş uçun möljallangan milliondan ortiq byulletenlar olib qöyildi.