Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga işonç reytingi keyingi ikki oyda ilk marta kötarildi. Bu haqda Journal Du Dimanche xabar tarqatdi.
Ifop markazi tomonidan ötkazilgan sörovlar natijalariga köra, sentabr oyida fransuzlarning 45 foizi prezidentni qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Bu esa avgust oyidagi körsatkiçga qaraganda 5 foizga köpdir.
Iyul oyida Makronga bölgan işonç 10 foizga, avgustda 14 foizga pastlagandi.
Fransiya boş vaziri Eduar Filippning ham nufuzi ösgan — 48 foiz.
Ifop tomonidan qayd etilişiça, Fransiyaning sobiq prezidentlari Fransua Olland va Nikol Sarkozining 2007 va 2012 yillarning sentabr oylarida qulaşi kuzatilgandi, Makron bu an'anani buzdi.












