Sobiq Sovet davlatida antiqa bir udum saqlanib qolgan edi: saylangan rahbar umrining sönggi daqiqalarigaça faoliyat olib boradi. Uning motam marosimini taşkil etiş komissiyasiga boşçilik qilgan şaxs keyingi rahbar bölgan. Brejnevning dafn marosimida Mavzoley minbariga çiqib nutq sözlagan Yuriy Vladimiroviç Andropov horğin, ammo kelajakka boqib turgan tetik yetakçi sifatida namoyon böldi. Aynan u partiya yetakçiligiga da'vogarlik qilayotgandi. 1982 yil davomida, umuman uning faoliyat davri mobaynida Andropov serğayrat va mehnatkaş kişi sifatida atrofdagilarga örnak bölişga harakat qilgan. Har kuni soat 9:00da iş joyida hozir bölgan rahbar turli yumuşlar bilan keçki soat 11:00ga qadar xonasida qolib ketgan kunlar köp bölgan.

Yakşanba kunlari idora kotibi va xodimlariga javob berib yuborsa ham, odatiga sodiq qolgan Yuriy Vladimiroviç iş stolidan nari keta olmagan. Bu davrda uni Podmoskovya daraxtzorlarida sayr qilib yurişi, keç tuşmasidan uyga erta qaytganiga guvoh bölganlar juda kam. Örmondagi daraxtlarni sevgan Andropov köp marotaba u joyda yaşab qolişni, nafaqaga çiqqanda esa xotira kitobini tabiat qöynida tugallaşni orzu qilardi.

Har kuni Andropov bir talay hujjatlar bilan muntazam işlaşga töğri kelgan, şundan bölsa kerak, uning bir sutkada 600 sahifali matnlarni öqib çiqqaniga şubha qilmasak bölar, ammo...

Uning harakatçanligi va köp vaqt işda qolib ketişi yemirilib borayotgan kasalligini yanada tezlaştirdi. Şunga qaramay, u murakkab bir davrda SSSR davlatini olğa boşlab boriş uçun köproq mehnat qiliş kerak, deb işongan. «Ogonek» jurnalida xirurg, akademik Petrovskiyning «Hokimiyat va soğliq» nomi ostida çop etilgan maqolasida şunday deyiladi: «Atrofdagi hodisalarga qay köz bilan qaraş rahbarning işçanligi, bir töxtamga kela olişidan taşqari, uning soğliğiga ham boğliq. Davlat boşqaruvi va rahbarning soğliği örtasida sözsiz aloqadorlik mavjud».

Yuqorida ta'kidlanganidek, heç kim sovet hukumatidan öz xohişiga köra «ortga» qaytmagan. (Ayrim juz'iy istisnolar hisobga olinmasa, bunday hodisaning özi bölmagan) Andropovning partiya yetakçisiga aylanişi inson hayoti bilan öynaşiş bölibgina qolmay, qolganlar uçun ziyon yetkazişini barça anglaşi lozim edi.

Germaniya Federativ Respublikasida 15 yildan ortiq vaqt mobaynida yirik islohotlarni amalga oşirgan Konrad Adenauer öz vazifasiga kirişganda 73 yoşda edi, Franklin Delano Ruzvelt esa nogironlar aravaçasida qolib ketganiga qaramay, AQŞ prezidentligiga törtinçi marta saylangan yagona rahbar bölib tarixda qoldi. Xitoyning yangi qiyofasini yarata olgan Den Syaopin ham 74 yoşida (1978 y.) amaliy harakatlarni boşladi.

Gap bu yerda, Andropovda paydo bölgan qariyaning injiqligi yoki psixik egoizm haqida ketmoqda. Rahbarning psixofiziologik holati yomonlaşib qolgani notöğri qarorlar qabul qilinişiga olib keldi.