Sentyabr oyi davomida tarixiy qaror va yangiliklar xalqimiz e'tiboriga havola etilmoqda va bularning barçasi uzoq yillar davomida kutilgan xuşxabarlar edi. Ulardan biri banklarda erkin valyuta konvertatsiyasining joriy etilişi bölsa, boşqasi paxta terim mavsumida kişilarning u yoki bu şakldagi majburiy mehnatidan voz keçiş kabi tarixiy qarorlar ekanligini eslaşning özi kifoya qiladi.
Kun.uz saytida erkin valyuta konvertatsiya amaliyotining joriy etilişiga doir köplab tahliliy, dolzarb maqolalar e'lon qilindi.
Bugungi kun savoli esa paxta terim mavsumi, şunday ekan, uşbu jarayon atrofida paydo bölayotgan savolga javob berişga harakat qilamiz. Eng avvalo, paxta terimida bunday tarixiy qaror nega zudlik bilan, kutilmaganda qabul qilindi?
Xabaringiz bor, 20 sentabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Jahon Banki prezidenti Jim Yong Kim uçraşuvi bölib ötdi. Unda tomonlar özaro hamkorlik aloqalarni muhokama etib, kelgusi rejadagi masalalarga töxtalib ötişgan. Şu örinda Jahon Banki prezidenti janob Kim prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida olib borilayotgan amaliy harakatlar va islohotlardan xabardor ekanligini ta'kidlab, ulkan işlarda muvaffaqiyat tilagan.
Şuningdek, mamlakat bolalar mehnatida butunlay voz keçganini eslab, Yong Kim tez orada majburiy mehnatning har qanday şaklini tugatişga qaratilgan olib borilayotgan işlarda omad tilagan. Öz örnida davlat rahbari bu borada barça imkoniyatlarni işga solişini aytib, Özbekistonda mehnat munosabatlari yangi bosqiçga kötarilişini ma'lum qilgan.
Oradan biroz fursat ötgaç, xalqaro maydonda yangragan sözlar çin yurakdan aytilgani öz isbotini topdi. Mehnat munosabatlarini tartibga soliş, inson huquqlarini himoya qiliş, majburiy mehnatdan voz keçiş kabi oliy qarorlar davlat rahbarining nufuzini oşiriş bilan birga, mamlakatda ijtimoiy adolatni ta'minlaydi. Bundan taşqari, ta'lim va maorif sohasida boşlangan islohotlarni barqaror davom ettiriş imkoniyatini taqdim etdi. Bu çindan quvonarli xabar böldi.
Bunday harakatlar "Xalq davlat idoralariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, deyilgan sözlar çin ma'nosida amalda öz ifodasini topib borayotganini bildiradi.











