Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud tvitterda qirollik fuqarolarini 23 sentabrda nişonlanadigan milliy bayram bilan tabrikladi. Bu kun Najd, Hijoz, Al-Hasa va Katif viloyatlarining 1932 yilda yagona qirollikka birlaşişi kuni sifatida nişonlanadi.    

Qirolning aytişiça, Saudiya Arabistoni ezgulik va vatanparvarlik uçun kuraşda istehkom bölib qoladi.

"Har yili davlatimizga şon-şuhrat va farovonlik yöldoş bölsin. Qirollik ezgulikni, öz vatanini sevuvçi barça uçun kuçli istehkom bölib qoladi", deb yozgan qirol.

Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga köra, qirollik taşkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan qirollikdagi ayollarga turli tadbirlar ötgan stadionga kirişga ilk bor ruxsat berildi. Ta'kidlanişiça, qirol Fahd nomidagi xalqaro stadionda operetta namoyiş qilingan. Hukumat bunday qarorni mamlakat qiyofasini xorijda yaxşilaş va saudiyaliklar turmuş tarzini yaxşiroq qiliş maqsadida qabul qilgan.