AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda Milliy futbol ligasi (NFL) futbolçilarini vatanparvarlik hissi yetişmasligida tanqid qilgandan keyin, Milliy basketbol uyuşmasining (NBA) maşhur öyinçisi Lebron Jyeyms tomondan keskin tanqid qilindi.
Avvalroq NFL öyinçilari AQŞ madhiyasi ijrosi vaqtida norozilik aksiyasi uyuştirgandilar. Ular madhiya yangrayotganda tiz çökib ötirib olişgan, bu esa AQŞdagi qullik davrini eslatişi kerak edi. Ular şu tariqa hanuzgaça oq tanlilar va afroamerikaliklar örtasida tenglik yöqligini körsatmoqçi bölişgan.
23 sentabrda Tramp tvitterda Oq uyda bunday aksiyalarni uyuştiruvçi öyinçilarni körişni istamasligini aytgan.
"Agar öyinçi NFL’da yoki boşqa ligalarda millionlab dollarlar topişni istasa, unga Buyuk Amerika Bayroğiga (yoki Davlatiga) hurmatsizlik qilişiga yöl bermaslik kerak va u Milliy Madhiyamiz şarafiga örnidan turişi lozim. Yöqsa, u BÖŞATILADI. Özingga boşqa maşğulot top!", deb yozgandi Tramp.
U, şuningdek, Oq uyga "Golden Steyt" baksetbol klubi öyinçisi, NBA çempionlari uçun AQŞ prezidenti huzurida an'anaviy qabulga kelişi borasida şubha bildirgan Stefen Karrining taşrifini bekor qildi.
Bunga javoban NFL rahbari Rojyer Gudell Trampni "odam ajratişni keltirib çiqaruvçi" sözlari uçun qoraladi. Şunda bahsga basketbolçi Lebron Jyeyms aralaşgan.
U Trampni "bekorçi" yoki "ahmoq" deb tarjima qilinuvçi söz bilan haqoratlagan.
"Sen u yerda paydo bölmaguninggaça, Oq uyga boriş şaraf edi!", deb aytgan Jyeyms Trampga.












