20 sentabr kuni AQŞning Nyu-York şahrida ötkazilgan «Özbekiston-AQŞ biznes hamkorligi: muvaffaqiyat va davomiylikka möljallangan tijorat aloqalari» maydonida Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslan Davletov mamlakat huquq tizimida olib borilayotgan islohotlarga töxtalib ötdi. Mazkur nutqning bir qismi Amerika ovozi saytida e'lon qilindi.
«Biz «Yagona darça» tizimi atrofida paydo bölayotgan barça vaziyatlarni kuzatib, tahlil qilib boramiz. Sarmoyador va tadbirkorlar bilan munosabatga kirişişda kuzatilayotgan kamçiliklarni aniqlab, xorijiy investorlarni ham mamlakatimizga jalb etişga ijobiy ta'sir etuvçi huquqiy infratuzilmani rivojlantirib borişga harakat qilyapmiz. Men şu borada, avvalo, poraxörlikka qarşi kuraşiş yönalişida olib borilayotgan işlarga töxtalib ötmoqçiman.
Mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan barça hukumat a'zolari hamda davlat organlari milliy rivojlaniş jarayoniga salbiy ta'sir qiluvçi poraxörlikning har qanday şakliga qarşi qattiq kuraş olib borişga kirişgan. Şu örinda bu töğrisida alohida qonun hujjati qabul qilinganini ta'kidlab ötiş joiz, deb hisoblayman. Şuningdek, Özbekistonda sud-huquq tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida aniq takliflar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Sudyaning daxlsizligi, sud jarayonlari şaffofligi va mustaqil sud hokimiyati şakllanib borişi uçun alohida institut paydo böldi. Tadbirkorlar huquqlarini tölaqonli himoya qiliş jarayonining bir bölagi sifatida 71 nafar qöşimça Iqtisodiy sud hisobidan sudyalar ştati kengaytirildi. Ilk bor tumanlararo Iqtisodiy sudlar birligi taşkil etildi.
Kelgusida huquqiy infratuzilma bardavom rivojlanişini ta'minlaş maqsadida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan ma'muriy nizolar va ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolatiga ega yangi taşkil etilgan Ma'muriy sudlar iş faoliyatini boşladi. Mamlakat sud-huquq tizimida ilk bora sudyalarni lavozimiga tayinlaş muddati birinçi davrda 5 yil, ikkinçisida esa 10 yil, undan keyin umrbod bölişi belgilab qöyildi.
Men Adliya vazirligining tadbirkorlarning joylarda huquqlarini himoya qiliş böyiça alohida vakolati töğrisida töxtalib ötmoqçiman, ya'ni bizda yetarliça xodimlar belgilangan boşqarma tarkibida aynan şu masala bilan şuğullanadi. Agar qonun buziliş holati yuzaga kelsa, sudga da'vo qiliş va iş olib boriş huquqiga ega», deydi vazir.











