Ötgan hafta, juma kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp amerika futboli öyinçilarining madhiya paytida bajarayotgan norozilik harakatini tanqid qilganidan söng, barçaning nigohi dam oliş kunlari ötadigan öyinlarda böldi. Boisi, futbolçi sabot bilan yana buni takrorlaydimi yo mamlakatda prezidentining siyosiy irodasi ustunmi, bu savolga javob topilişi zarur.
Gap şundaki, janob Tramp ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogi orqali ham irqçilikka "tizzasiga çökkan holda madhiyani tinglaş" tarzida qarşiligini ifodalayotgan sportçilarni qoralab çiqqan. Vaholanki, yakşanbaning eng birinçi öyinlaridan birida bu holat yana takrorlandi, şuningdek, Jyeksonvil Jaguar egasi, bir paytlar Donald Tramp saylovoldi kampaniyasiga 1 million dollar xayriya qilgan Şahid Xon ham norozilik harakatiga qöşildi.
Bular ortidan, maşhur qöşiqçi Stiv Vonder, Oklend Atletlari jamoasi a'zosi Bryus Maksvel tiz çökişi bilan öz noroziligini kimga bildirayotgani mavhum qolmoqda. Endilikda tiz çökiş irqçilikka qarşimi yo prezidentning nönoq gaplariga? Nima bölganda ham bu kun AQŞ sportçilarini tiz çöktirgani bilan tarixda qoldi.











