Germaniyaning yangi, 19-sonli bundestagi 709 öringaça kengaytirildi. Angela Merkelning XDI/XSI alyansi va Martin Şultsning Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) parlamentga saylovlar natijalariga köra katta yöqotişga uçraganiga qaramasdan, yirik fraksiyalarni taşkil qiladi. Şu bilan birga kiçik partiyalar parlamentda köproq örinlarga ega böldilar.

Bundestagning yangi tarkibi avvalgisiga qaraganda 78 ta köp öringa ega böldi. Avvalgi parlament tarkibida 631 örin bölgan. 

Bundestagning yangi tarkibida XDI/XSIga 246 örin (avval 311 örin),  GSDPga 153 örin (avval 193 örin) tegadi.

"Germaniya uçun muqobil" partiyasi esa yirikligi böyiça 3-raqamli fraksiyani taşkil qiladi (94 ta örin). Ozod demokratik partiya 80 örin, "Söllar" fraksiyasi 69 örin va "Yaşillar" fraksiyasi 67 örin oladi.

Kantslerni tanlaş va hukumatni şakllantiriş uçun zarur bölgan deputatlar soni 355 nafarni taşkil qilgani sababli XDI/XSI, Ozod demokratik partiya va "Yaşillar" bir koalitsiyaga birlaşişi mumkin, şunda ularda 393 örin böladi.

Saylovlarning yakuniy rasmiy natijasi 12 oktabrda yangi bundestagning tantanali yiğilişida e'lon qilinadi.   

Ta'kidlaş joizki, saylovlardagi davomat 76,2 foizni taşkil qildi. 2013 yilgi saylovlarda bu körsatkiç 71,5 foizni taşkil qilgan.

Eng yuqori davomat mamlakat janubida – Bavariyada (78,2%), Baden-Vyurtembergda (78,3%), Gessenda (77%) va Reynland-Pfaltsda (77,6%) qayd qilingan. Mamlakatning şimoli-ğarbida davomat pastroq bölgan. Jumladan, davomat Quyi Saksoniyada 76,4% va Şlezvig-Golşteynda 76,5% hamda mamlakatning ğarbida joylaşgan eng yirik federal yer – Şimoliy Reyn-Vestfaliyada 75,4%ni taşkil qilgan.